Apple kompaniyasi o‘zining yangi taqdimoti 20-aprel kuni bo‘lib o‘tishini rasman tasdiqladi. Tadbir Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da boshlanadi. Bu haqda kompaniya saytida ma’lum qilingan.

Foto: Legion Media

Avvalroq taqdimot o‘tkazilishi haqida Apple’ning ovozli yordamichisi Siri ma’lum qilgandi. “Maxsus marosim 20-aprel, seshanba kuni Kaliforniya shtatidagi Kupertino shahrida joylashgan Apple Park’da bo‘lib o‘tadi. Batafsil ma’lumotlar bilan Apple sayti orqali tanishishingiz mumkin”, — deya e’lon qilgandi Siri.

Foto: Esquire

Avvalroq Kang taxallusi bilan tanilgan xitoylik mashhur insayder Apple’ning navbatdagi 23-mart kuni bo‘lib o‘tishini ma’lum qilgandi. O‘shdan taqdimotda iPad’ning yangi modeli namoyish etilishi mumkinligi taxmin qilingandi, chunki global Pro versiyasi yangilanmaganiga ikki yildan oshdi. Shuningdek, kompaniya MiniLED-displeyli ilk planshetlarini taqdim etishni rejalashtirayotgani borasida ko‘plab hisobotlar mavjud.