Daryo

Apple kompaniyasi iPhone 13 mini’ni taqdim etishiga oid ma’lumotlar tarqaldi

Smartfon hozirda 12-lineykadagi kichik model bilan sodir bo‘layotgan vaziyatga qaramay taqdim etiladi

1 daqiqa o‘qish27 618 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: Hi-Tech.Mail.ru

Jon Prosser ismli insayder o‘z manbasiga tayanib, Apple kompaniyasi iPhone 13 mini’ni ishlab chiqarishdan voz kechmasligini ma’lum qildi. Smartfon hozirda 12-lineykadagi kichik model bilan sodir bo‘layotgan vaziyatga qaramay taqdim etiladi, deb xabar beradi Hi-Tech.Mail.ru.

Foto: Hi-Tech.Mail.ru

iPhone 12 mini savdolari muvaffaqiyatsiz deb topilgan — unga bo‘lgan talab kutilganidan juda ham kam. Apple hatto ushbu modelni ishlab chiqarishni qisqartirishga majbur bo‘lib, kuchlarni uzoq vaqt “tanqis” bo‘lib qolgan iPhone 12 Pro flagmanini ishlab chiqarishga yo‘naltirgan. Natijada iPhone 12 mini 2 million dona kamroq ishlab chiqarila boshlangan.

iPhone 12 mini’ning asosiy muvaffaqiyatsizligi iPhone SE (2020) modelining muvaffaqiyati bilan bog‘lanmoqda. Kichikroq smartfon kerak bo‘lsa, yangi kichik model o‘rniga aynan uni xarid qilishgan. 2021-yilda yangi iPhone SE’ni ishlab chiqarish rejalashtirilmagani sabab vaziyat takrorlanmasligi kerak — iPhone 13 mini kamroq qurilmalar bilan raqobatlashadi.

Eslatib o‘tamiz, 2020-yilning kuzida Apple birdaniga to‘rtta smartfonni taqdim etgandi — ular orasidagi eng kichigi 5,4 dyuymli ekranga ega iPhone 12 mini hisoblanadi. Mavzuga doir:
Telegram kanal@daryo_lotinObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar