• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12895.55
    • RUB159.38
    • EUR14338.56
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Siz futbolni kimgadir minnat qilib tomosha qilsangiz, yaxshisi to‘xtating”. Diyor Imomxo‘jayev “Navbahor” — “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi voqealar haqida

    Professional futbol Ligasi (PFL) bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev Superliga 5-turi doirasida kechgan “Navbahor” — “Paxtakor” uchrashuvidan (1:2) keyingi holat haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Ma’lumot uchun, o‘yin yakunlanib borayotgan bir vaqtda uchrashuv bosh hakami Firdavs Norsafarov videotakrorlardan keyin “Navbahor” darvozasi tomon penalti belgiladi. 11 metrlik jarima zarbasini Dragan Cheran golga aylantirdi va bu orqali “Paxtakor”ning g‘alabasini ta’minladi. Hakamning bu qarori stadionga yig‘ilgan namanganlik muxlislarni junbishga keltirdi.

    Tomoshabinlar o‘yin yakunlangach hakam va “Paxtakor” futbolchilari tomon turli buyumlarni uloqtirdi. Bundan tashqari stadion atrofida minglab ishqibozlar to‘planib, o‘z noroziligini namoyish qildi.

    Qabih so‘zlarni eshitayotganimizga ikki kun to‘ldi. Jamoam bunga munosib emas. Hakamlik uchun kim javobgar o‘zi demayman, futbol tashkiloti bilan televideniye mashinasi farqiga bormayotganlarga nimani tushuntirish mumkin?

    Xunuk ish “Navbahor” — “Paxtakor” o‘yinidagina bo‘lmadi. Hech bir sababsiz Namanganda “So‘g‘diyona”, “Nasaf” klublariga qarshi o‘yinlarda ham stadionga narsalar otilgandi. Tezlik uchun jarima oshganida ayuhannos soladigan kishilar bo‘ladi, aslida tezlikni oshirmaganlik uchun jarima yo‘q. Klub ogohlantirilganda ayuhannos solganlarga ham shu gap. Afsuski, yil boshidan buyon bunday xunuk ishlar Namangandan boshqa yerda kuzatilmadi.

    Xolislikni, adolatni talab qilayotgan tomon bir necha millisoniyalari yulib olingan videolarni tarqatishga uyalayotgani yo‘q. Biz ma’lum doira kishilar ko‘ngli uchungina ishlamaymiz. Jarima yoki qarorlarni biz o‘ylab topayotganimiz yo‘q. OFK ham, UEFA ham, FIFA ham shunday ishlaydi. Buni bilish uchun albatta xalqaro maydonda o‘ynash shart emas. Biz istardik “Navbahor” xalqaro arenada O‘zbekiston nomidan ishtirok etishini.

    Ma’lum doira telefon raqamlarni qanday tarqatayotgani, odamlarni nimalarga da’vat etayotgani, odamlar bizni bo‘ralab haqorat qilganliklari borasidagi skrinlarni guruhlarga faxr bilan tarqatayotganlariga guvohmiz. Bunday kishilarning xolislik haqidagi iddaolari o‘zlari uchun siylov. Biz bunday tarbiya ko‘rmaganmiz.

    VAR “Lokomotiv” stadionida “Lokomotiv” darvozasiga 2 ta penalti qo‘yganida qachongacha poytaxt klublariga yordam berasan degan hayqiriqlar quloqqa chalinmadi. VAR bo‘lmagunicha hakamlar bizni sindiradi degan fikrlarni eng ko‘p o‘shalar aytdi va ularning o‘yinlarida VAR eng ko‘p ishladi. Biroq haqiqatga tik boqishga kelganida vaziyat o‘zgarmoqda. Chunki ayrim klublar muxlislari hakam uy uchrashuvlarida ularga yordam berilishiga o‘rganib qoldi. Biz esa avvalgi ishlar uchun javob berishimizga to‘g‘ri kelyapti. Chunki hisob beryapmiz, odamlarni eshityapmiz, o‘syapmiz. Buni suiiste’mol qilayotganlar, katta kanal yoki guruhlarda qasddan provokatsiya qilayotganlar qonun oldida vaqti kelib javob beradi. Adolatni nafaqat siz, balki biz ham talab qilishni bilamiz.

    Biz stadion to‘layotganidan albatta xursandmiz. Shuning uchun hech qachon o‘tmagan kubok finallarini Namanganda o‘tkazyapmiz. Termaning xalqaro o‘yinlari Namanganga berildi. Buning javobini ham ko‘ryapmiz. Shundan keyin kim rasmiy o‘yinni sizga ishonadi? Xalqaro hakamni shu ko‘yga solmasligingizga kim kafolat beradi? Agar stadion faqatgina shunday kishilar bilan to‘lsa va siz futbolni kimgadir minnat qilib tomosha qilsangiz, yaxshisi to‘xtating. Bizga insonlar kerak, kim nima desa og‘ib ketadiganlar emas. Baribir to‘la stadion puli to‘liq kassa qilinayotgani yo‘q. Chunki kassaga ishonilsa, Ganaga qarshi o‘yinini ham 20 ming emas, 13 ming kishi kuzatgan, siz haqiqatni shunday masalalarda avval talab qiling.

    Namanganlik do‘stlarimiz, namanganlik adekvat insonlarimiz bilan doim birgamiz, ishonamizki, ular bizdan xafa bo‘lishmaydi. Biroq bugun televideniye xodimlari Namanganda futbol uchrashuvlarini olishdan hayiqib qoldi, ularning ko‘pchiligi Namanganga bormoqchi emas. Aslida esa “Navbahor” muxlislarining asl go‘zalligini ham o‘sha televideniye butun dunyoga ko‘z-ko‘z qilgandi. Futbol hakamlari Namanganga bormoqchi emas. Chunki ularning ham o‘z oilasi bor, ular ham kimningdir otasi, farzandi. Biz ham o‘z komissarlarimiz hayoti, xavfsizligi uchun javobgarmiz. Yaponiyalik referi butun bir millat jamoasining toza golini inobatga olmagan kunlarda ham hakamni quvlagan yoki unga tosh otgan emasmiz, afsuski bugungilar orasida mana shundaylari ham bor.

    Fikrimni haqorat ila ko‘p so‘rashibdi: hakam to‘g‘ri va yaxshi ishladi! “Paxtakor”ning “Metallurg”ga qarshi o‘yinida esa noto‘g‘ri ishladi, buning javobini beryapti. Agar Norsafarov diplomat bo‘lganida, 11 metrlik jarima bermasdi. Biz esa undan diplomat bo‘lishni emas, professional bo‘lishni talab qilyapmiz. Gapim kimgadir yoqishi shart emas. O‘zi hammasini ko‘rib turibdi. Haqoratlar uchun chin dildan xafaman, hayf sizdek tarbiyasiz kishilarga.

    Diyor Imomxo‘jayev, PFL rahbari

    Mavzuga doir:

    • “Navbahor” — “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi tartibsizliklarda qatnashgan yetti nafar fuqaro javobgarlikka tortildi
    • Namangancha muxlislik. “Navbahor” — “Paxtakor” o‘yinidan keyin tartibsizliklar yuzaga keldi, O‘zMTRKga tegishli avtomobil muxlislar “hujum”iga uchradi (video)
    Shuningdek, Imomxo‘jayev “Navbahor” jamoasining statistikalarini keltirib o‘tdi.
    Keling, xalqaro maydonda o‘ynashiga faqat hakamlar xalal berayotgani aytilayotgan “Navbahor” klubi statistikasiga e’tibor qilamiz.

    Texnik-taktik harakatlar samaradorligi bo‘yicha “Navbahor” Superliganing 9-jamoasi. Ketma-ketlikda “Paxtakor”, “Lokomotiv”, “Bunyodkor”, “Qizilqum”, OKMK, “Nasaf”, “Andijon”, “Metallurg” klublari undan oldinda.

    To‘p oshirish samaradorligi bo‘yicha “Navbahor” Superligada yana 9-jamoa. “Paxtakor”, “Lokomotiv”, AGMK, “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Metallurg”, “Andijon” va “Qizilqum” undan oldinda.

    O‘yin tezligi bo‘yicha “Navbahor” 6-jamoa. “Paxtakor”, OKMK, “Nasaf”, “Bunyodkor”, “Lokomotiv” unda oldinda.

    To‘pni ushlab turish borasida “Navbahor” 9-jamoa. “Lokomotiv”, “Paxtakor”, “Andijon”, “Bunyodkor”, “Qizilqum”, “Nasaf”, “Metallurg”, OKMK undan oldinda.

    Yakkakurashlardagi ustunlik borasida “Navbahor” 13-o‘rinda. Faqatgina “Mash’al” undan yomonroq natija qayd etgan, qolgan klublar ustunroq.

    Standart vaziyatlar samaradorligi bo‘yicha “Navbahor” 7-o‘rinda. OKMK, “Surxon”, “Qizilqum”, “Qo‘qon-1912”, “Andijon” va “So‘g‘diyona” oldinda.

    Darvozaga berilgan zarbalar samaradorligi bo‘yicha “Navbahor” 13-o‘rinda. Faqatgina “Qo‘qon-1912” undan ortda, qolgan hamma oldinda.

    Raqib uzatmasidan keyin to‘pni egallab olishda “Navbahor” 9-o‘rinda, to‘pni ilib ketish bo‘yicha 9-o‘rinda, to‘pni olib yurishda 7-o‘rinda. “Navbahor” qoida buzish bo‘yicha liganing 4-jamoasi. Va faqatgina aldamchi harakatlarda “Navbahor” ligada yetakchi. 57 ta shunday harakatning 44 tasi aniq chiqqan. Ammo bu bilangina katta g‘alabalarni qo‘lga kiritib bo‘lmaydi.

    Menimcha, “Navbahor” xalqaro maydon uchun chindan ham yo‘llanma olishni istasa, o‘yin sifatini oshirishi lozim. Bunda ayrim murabbiylar VAR kamerasiga o‘ta yaqin joyda turish uchun emas, mashg‘ulotlarda astoydil ishlash uchun harakat qilishi muhim.

    Yuqoridagi harakatlarga hakamlarning umuman aloqasi yo‘q.

    Diyor Imomxo‘jayev, PFL rahbari

    Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

    09.04.2021, 12:16   Izoh (0)   25158
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zinedin Zidan yozda “Real”ni tark etmoqchi

    09.04.2021, 10:14

    Yevropa Ligasida haftaning eng yaxshi o‘yinchisi nomiga da’vogarlar e’lon qilindi

    09.04.2021, 09:02

    Yevropa Ligasi. “Arsenal” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi. “Manchester Yunayted” va “Roma” esa safarda g‘alabaga erishdi

    09.04.2021, 02:19

    Superliga. “So‘g‘diyona” Toshkentda “Bunyodkor”dan ochko tortib oldi. “Metallurg” “Andijon”ni taslim etdi

    08.04.2021, 21:30

    Yevropa Chempionlar Ligasida hafta ramziy terma jamoasi aniqlandi

    08.04.2021, 21:02

    “Navbahor” — “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi tartibsizliklarda qatnashgan yetti nafar fuqaro javobgarlikka tortildi

    08.04.2021, 20:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha

     

    Tavsiya etamiz

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jeyson Steytem va Rouzi Hantington-Uaytli farzandlari uchun AQSHni tark etdi

    Layfstayl | 13 may, 12:56

    Buyuk Britaniya migrantlarni qabul qilishni kamaytiradi

    Dunyo | 13 may, 12:53

    Vitor Reys Abduqodir Husanov haqida gapirdi

    Sport | 13 may, 12:41

    Meksika Google’ni ko‘rfaz nomini o‘zgartirgani uchun sudga berdi

    Dunyo | 13 may, 12:34

    Prezident huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qayta tashkil etiladi

    O‘zbekiston | 13 may, 12:16

    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha

    Reklama | 13 may, 10:30

    Instagram: Kosmetika ishlab chiqarayotgan Munisa Rizayeva, Malika Ravshanova xonadonida xursandchilik, Yulduz Usmonova Shirin Abdullayevaga atab qo‘shiq kuyladi

    Shou-biznes | 13 may, 11:59

    Alisher Usmonovni “Dilbar” yaxtasi egasi deb atash taqiqlandi

    Dunyo | 13 may, 11:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.