Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi Xizr buva ziyoratgohida odamlarning pullarini o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga olindi, deya xabar qilmoqda Tergov departamenti.

Qayd etilishicha, 2021-yilning 2-aprel kuni soat 11:30 larda noma’lum shaxs Rishton tumani “Bo‘ston” mahallasida joylashgan Xizr buva ziyoratgohida bo‘la turib, ziyorat uchun kelgan fuqarolar 54 yoshli M.U.ning kiyimi cho‘ntagidan 600 ming so‘m va 41 yoshli S.Sh.ning sumkasidan 500 ming so‘m pullarni o‘g‘irlab, hodisa joyidan yashiringan.

O‘tkazilgan tergov harakatlari natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan 35 yoshli M.E. ismli ayol sodir etganligi aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan va uning yonidan chiqqan 875 ming so‘m pullar xolislar ishtirokida ashyoviy dalil tariqasida rasmiylashtirib olingan.

Rishton tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Xizr buva ziyoratgohida kissavurlik sodir qilib yurgan shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlar olib borilmoqda.

Bundan avval Marg‘ilonda kaliti bilan qoldirilgan Spark’ni minib qochgan shaxs qo‘lga olingani, Andijonda bankka o‘g‘rilikka tushgan shaxslar qo‘lga tushgani hamda Farg‘onada o‘zganing plastik kartasidan pul o‘g‘irlab, ularni totalizatorga tikib yuborgan maktab o‘quvchisi sudlangani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukusda bir-biri bilan mushtlashgan maktab o‘quvchilarining ota-onasi jarimaga tortildi
Mahalliy
AQSH elchixonasi O‘zbekiston armiyasi shifokoriga minnatdorchilik bildirdi
Dunyo
Xitoy olimlari dunyoda birinchi bo‘lib Arktika bo‘risini klonlashtirdi (video)