Har dam olish kunini uy ishlari uchun qurbon qilib, eng ko‘p vaqtingizni tozalashga sarflashdan charchadingizmi? Biz sizga tozalash ishlarini osonlashtirishga yordam beradigan bir necha oddiy usullar haqida ma’lumot beramiz.

Polni changyutgichda tozalashga shoshilmang

Tozalashni poldan emas, balki yuqoridan pastga qarab boshlang. Aks holda yuqori yuzalardagi chang pastga tushadi va tozalangan pol yana iflos bo‘ladi.

Polni tozalashdan oldin yumshoq mebel va pardalarni changyutgich bilan tozalang. To‘shaklarni tez-tez almashtiring, adyol va yostiqlarni silkitib oling, chunki ularda chang ko‘p to‘planadi. Shiftdagi plintus va devorlarni tozalashni ham unutmang. Shuningdek, changyutgich filtri va qopchasini tez-tez almashtiring. Agar changyutgichga chang to‘lib qolsa, tozalashning samarasi past bo‘ladi.

Foto: Depositphotos

Kiyim quritgichni xonadan olib tashlang

Albatta, hammaning uyida kiyimlarini quritish yoki uyda kiyim quritgich o‘rnatish imkoniyati mavjud emas. Ammo quritgichni xonadan olib tashlashning biror ilojini topish lozim. Hatto yuvilgan toza kiyimda ham chang hosil bo‘ladi. Masalan, teri, soch qillaridan tashqari, mato tolalari ham ajralib, mebel va atrofdagi barcha yuzalarda oq changli qoplama qoldiradi. Balkon yoki hammomga osib qo‘yishingiz mumkin bo‘lgan ixcham quritgichlardan foydalaning.

Foto: Depositphotos

Eski paypoqlardan foydalaning

Agar shkafingizda jufti yo‘q paypoqlar yig‘ilib qolgan bo‘lsa, ularni bir martalik chang yig‘uvchi sifatida ishlatish mumkin. Paypoqni qo‘lingizga kiyib oling va xonadagi chang joylarni artib chiqing. Keyin ishlatilgan paypoqlarni tashlab yuboring.

Foto: Depositphotos

Rolik va rezina qo‘lqoplar

Paxmoq kiyimlarni tozalaydigan rolik tungi chiroq yuzasini va oyoq tagiga to‘shalgan gilamcha changini tozalash uchun juda qulay. Ammo tungi chiroq noqulay yerda joylashgan bo‘lsa, rezina qo‘lqoplardan foydalangan ma’qul. Qo‘lqoplarni kiyib, uni suv bilan namlang, chang joylarni qo‘llaringiz bilan artib oling. Changni ikki qo‘l bilan artib olish yordamida ishingiz tezroq bitadi.

Foto: Depositphotos

Poyabzal gubkasidan foydalaning

Poyabzal tozalashda ishlatiladigan gubka bilan yog‘ochdan yasalgan mebel yuzalarini tozalash mumkin. Agar gubka ko‘p ishlatilgan bo‘lsa, mebelni quruq mato bilan yana bir bor arting.

Foto: Depositphotos

Matolarni yumshatuvchi vosita

Bunday kimyoviy vositalar mebeldagi changni tozalashi bilan birga, himoya qatlamini ham yaratadi, shuningdek, butun xona bo‘ylab yoqimli hid taratadi. Faqat konditsionerni mebelning o‘ziga emas, balki namlangan lattaga sepishni unutmang.

Foto: Depositphotos