Toshkent shahri Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasining ikkilamchi yo‘llari ta’mirlash ishlari sabab yopiladi, deya xabar qilmoqda shahar hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Ta’kidlanishicha, 6-aprel kuni quyidagi yo‘l qismlari harakatlanish uchun yopiladi:

  • Ahmad Donish ko‘chasidagi ikkilamchi yo‘l — KXAYdan Bog‘iravon 2-tor ko‘chasigacha;
  • Ahmad Donish ko‘chasidagi ikkilamchi yo‘l — Bog‘iravon 2-tor ko‘chasidan KXAYgacha.

Mazkur yo‘l qismida tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilingan.

Bundan avval Toshkentdagi “Qo‘yliq” ko‘prigi 20-aprelgacha avtomobillar harakati uchun yopilgani haqida xabar berilgandi.