Toshkentning Qo‘yliq dahasidagi ko‘prik 20 kunga yopiladi, deya xabar qilmoqda shahar hokimligi matbuot xizmati.

Foto: Toshkent shahar hokimligi

Ma’lum qilinishicha, yo‘l ta’mirlash ishlari sababli 2021-yil 1-aprelidan 20-apreliga qadar Farg‘ona yo‘li ko‘chasidagi Qo‘yliq ota maqbarasidan Bektemir shohko‘chasiga chiquvchi ko‘prik harakatlanish uchun yopiladi.

Haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanish tavsiya etilgan va noqulayliklar uchun uzr so‘ralgan.

Bundan avval Toshkentdagi Ahmad Donish ko‘chasi “karmashka” yo‘llarining bir qismi 1 oy muddatga yopilgani hamda Toshkentning 10 ta markaziy ko‘chasida pulli avtomobil to‘xtash joylari tarmog‘i paydo bo‘lishi haqida xabar berilgandi.