Omonatlarni so‘mda yoki dollarda, bankda hamda mobil ilova orqali onlayn tarzda ochish mumkin, foiz stavkalari esa 20 foizgacha ko‘tarildi.
Ertami-kechmi, ko‘pchilik odamlar ishonchli va foydali bo‘lishi uchun pulni qanday va qayerda saqlash kerakligi haqida o‘ylab qoladi. Albatta, yostiq ostida saqlash odatiy hol, ammo bu yo‘l bilan pul, birinchidan, ishlamaydi. Ikkinchidan, sizda doimo uni sarflab yuborish istagi bo‘ladi. Eng yaxshi variantlardan biri — bu omonat bo‘lib, foizlar qo‘shimcha oylik daromadga aylanishi mumkin.
“Kapitalbank” depozitlar bo‘yicha foiz stavkalarini qayta ko‘rib chiqdi va milliy hamda xorijiy valyutadagi ikkita yangi omonatni — “Kapital 25” va “Kapital 24”ni joriy qildi.
Omonatlarini so‘mda saqlaydigan omonatchilar uchun “Kapital 25” muddatli omonati mavjud, unda yillik foiz stavkasi 20 foizgacha bo‘lib, minimal boshlang‘ich to‘lov atigi 500 000 so‘mni tashkil etadi.
Xorij valyutasida pul yig‘ishni afzal ko‘ruvchilar uchun “Kapitalbank” yillik foiz stavkasi 5 foiz bo‘lgan, “Kapital 24” depozitini ishlab chiqdi. Minimal boshlang‘ich to‘lov summasi 500 AQSh dollarini tashkil etadi.
Yangi depozitlar juda ko‘p qulaylik va afzalliklarga ega:
- depozitlarni bankning o‘zida ham, bir necha daqiqada mobil ilova orqali onlayn shaklda ham ochish mumkin;
- foizlar har oyda yoki avans tarzida, mijozga qulay shaklda omonat valyutasida to‘lanadi. Mobil ilovadagi hamyon hisob raqamiga ham o‘tkazilishi mumkin;
- depozitlarni muddatidan oldin yopish mumkin, shuningdek, so‘mli omonatda uni to‘ldirish imkoniyati mavjud.
Depozitni ochish shartlari haqida +9987 200 15 15 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib yoki “Kapitalbank”ning rasmiy saytidan bilib oling.
Reklama huquqi asosida.
Izoh (0)