• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda aholining ko‘pchiligi koronavirusga qarshi emlanishni istamayotgani ma’lum bo‘ldi

    “Yuksalish” umummilliy harakati emlash tadbirlari haqida internet foydalanuvchilarining kayfiyati va fikrlarini bilish maqsadida o‘tkazilgan (29—31-mart) onlayn-so‘rov natijalarini ma’lum qildi. Uch kun davomida deyarli barcha viloyatlardan 19 mingdan ziyod ishtirokchilar ovoz bergan.

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

    Foto: Innovatsion rivojlanish vazirligi matbuot xizmati

    Qayd etilishicha, onlayn so‘rovda respondentlarning 44 foizi (8599 ovoz) “Emlanmayman” variantini tanlagan. So‘rov ishtirokchilarining uchdan bir qismi — 34 foizi (6641) Rossiyaning “Sputnik V”, 8 foizi (1516) Xitoy–O‘zbekiston hammuallifligidagi ZF-UZ-VAC2001 va 7 foizi (1351) AQSh–Germaniya ishlab chiqargan Pfizer/BioNTech vaksinalariga ovoz bergan. Respondentlarning 5 foizi (959) AstraZeneca (Buyuk Britaniya), 2 foizi (327) Moderna (AQSh) vaksinalarini tanlagan.

    “Albatta, bu ma’lumotlarni to‘liq sotsiologik kesim sifatida hisoblash noo‘rin, ammo shunga qaramay, o‘zbekistonliklarning ma’lum bir qismi emlanishni rad etadi, deyish mumkin”, — deyiladi xabarda.

    Foto: “Yuksalish” umummilliy harakati

    Foto: “Yuksalish” umummilliy harakati

    Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, emlanishdan bosh tortish — har doim ham qo‘rquv yoki ishonchsizlik bilan bog‘liq emas. Asosiy sabablardan biri odamlarning COVID-19’ga qayta chalinayotganidir. Kasal bo‘lmaganlarning bir qismi boshqa vaksinani kutmoqda, boshqa qismi esa ularda yoki qarindoshlarida emlanish qanday o‘tishidan xavotirda. Ba’zilar nojo‘ya ta’sirlardan qo‘rqadi. Qo‘rquv vaksina sifatiga ishonchsizlikni ham keltirib chiqaradi.

    Yana boshqa omillardan biri aholining sog‘liqni saqlash tizimidan to‘la qoniqmasligidir. Odamlar ortiqcha byurokratiyaga, katta navbatlarga duch kelishdan qo‘rqadi, vaksina asoratlari bo‘lgan taqdirda ularga malakali tibbiy yordam o‘z vaqtida ko‘rsatilishiga shubha bilan qaraydi, samarasiz tashkil etilgan emlash jarayoni ularning hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkinligidan xavotirlanadi.

    “Yuksalish” holat bo‘yicha quyidagi takliflarni ilgari surgan:

    • respublika aholisining vaksinaga bo‘lgan ehtiyojlari va ularning afzalliklarini o‘rganish uchun to‘liq sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazish;
    • emlashni amalga oshiradigan mutaxassislarni o‘qitish, emlanishga xayrixoh bo‘lmagan yoki ruhan tayyor bo‘lmagan auditoriya bilan ishlash bo‘yicha treninglar tashkil etish;
    • bemorlarga axborot yetkazishda norasmiy yondashish, xabarlarni tushunarli tarzda yetkazish;
    • sog‘liqni saqlash vazirligi va boshqa mas’ul idoralar tomonidan to‘laqonli va ishonchli ma’lumotlarni, aytaylik, “COVID-19 vaksinalari haqida haqiqat” rukni ostida o‘z manbalarida (shu jumladan, ijtimoiy tarmoqlarda) taqdim etish;
    • vaksinalar haqidagi afsonalarni yo‘qqa chiqarish;
    • taniqli davlat va jamoat arboblarining emlanish jarayonini namoyish etish, faol fuqarolarning fikrlarini berib borish.
    Bundan tashqari, “Yuksalish” umummilliy harakati quyidagilarga tayyor:
    • emlashni amalga oshirishga mas’ul bo‘lgan davlat tuzilmalari, milliy va xorijiy mutaxassislarni jalb qilgan holda “jamoat eshituvlari”ni tashkil etish;
    • ushbu yo‘nalishda volontyorlarni tayyorlashga ko‘maklashish (Volontyorlar assotsiatsiyasi bilan birgalikda);
    • emlash bo‘yicha turkum chiqishlar qilish, xususan, ekspertlar xulosalarini berib borish, infografikalar tayyorlash.
    Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari 2021-yil 1-apreldan boshlandi. Emlash tadbirlari aprel oyida viloyatlar markazlari va katta shaharlarda boshlanadi, may oyida tuman markazlari va kichik shaharlarda amalga oshiriladi, iyun oyida esa boshqa aholi qatlami emlanadi.

    Mavzuga doir: O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi vaksinatsiya jarayonlari o‘tkaziladigan manzillar jadvalini e’lon qildi

    01.04.2021, 14:08   Izoh (0)   29951
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Termizda quriladigan 20 mln dollarlik xalqaro savdo markazining tenderida aka-ukaga tegishli kompaniyalar qatnashgani ma’lum bo‘ldi

    01.04.2021, 13:57

    O‘zbekistonda 2-aprel kuni ob-havo yog‘ingarchiliksiz o‘tadi

    01.04.2021, 13:33

    Farg‘ona va Samarqandda aholini koronavirusga qarshi emlash tadbirlari boshlandi

    01.04.2021, 13:10

    “Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida yuzaga kelgan tirbandliklarga O‘zbekistonning aloqasi yo‘q” — Senat qo‘mitasi

    01.04.2021, 12:46

    O‘zbekistonda inflyatsiya darajasi ketma-ket uch oydan buyon 1 foizdan oshmayapti

    01.04.2021, 12:10

    Farg‘ona xalqaro aeroportidan Istanbulga ilk parvoz amalga oshirildi

    01.04.2021, 10:46
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11

    Yaponiyada qotillikda ayblanib, 39 yil qamoqda o‘tirgan erkak aybsiz deb topildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:50

    Tramp, Putin va Si Szinpin sentyabrda Xitoyda uchrashishi mumkin — The Times

    Dunyo | 18 iyul, 22:35

    Tramp The Wall Street Journal ustidan sudga murojaat qilish bilan tahdid qildi

    Dunyo | 18 iyul, 22:20
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.