• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Musiqa

    Backstreet Boys: 90-yillarning eng mashhur guruhi xonandalari qay darajada o‘zgardi? (foto va video)

    Ommabop guruh 1993-yil Florida shtatining Orlando shahrida tashkil topgan. Dastlab guruh tarkibida uchta ijrochi – Ey Jey Maklin, Nik Karter va Xaui Dorou bor edi. Yangi musiqiy guruh tashkil topishi haqida eshitgan yigitlar darhol tanlovda ishtirok etgan va guruhga qabul qilingan.

    Foto: “Fotodom.ru”

    Foto: “Fotodom.ru”

    Yigitlar tez orada Kevin Richardson haqida xabar topadi, so‘ngra uning amakivachchasi Barayan Littrellni ham guruhga qo‘shadi. Ular guruh nomini Backstreet Boys deb nomlashga qaror qilgan. Chunki ular tez-tez aynan shu nom bilan mahalliy bozorda vaqt o‘tkazar edi.

    Foto: “Fotodom.ru”

    Foto: “Fotodom.ru”

    Tez orada guruh, klub, restoran, ko‘rgazma, savdo markazlari va boshqa joylarda o‘z chiqishlarini boshladi.

    Foto: “Fotodom.ru”

    Foto: “Fotodom.ru”

    Guruh tashkil topganidan so‘ng bir yil o‘tib, ular Jive Records kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi va eng mashhur qo‘shiqlarni taqdim etadi. 1996-yilda guruhning birinchi albomi chiqqan, bu ularga muvaffaqiyatni mustahkamlash va mashhurlikka erishishga sabab bo‘ldi.

    Foto: “Fotodom.ru”

    Foto: “Fotodom.ru”

    Musiqachilar dunyo bo‘ylab sayohat qilar, yangi taronalar va kliplar suratga olishar edi. Guruhning ikkinchi “Millennium” albomi “Gremmi”ning beshta nominatsiyasiga sazovor bo‘ldi. 2001-yilda guruh ijodiy tanaffusga chiqqanini e’lon qilganida ular aynan mashhurlik cho‘qqisida edi. Bir necha yil mobaynida ijrochilar alohida karyerasini shakllantirishga harakat qildi, ammo ular yana qayta birlashdi.

    Foto: “Fotodom.ru”

    Foto: “Fotodom.ru”

    Backstreet Boys eng kuchli va iste’dodli guruhlardan biri. Ular hali ham qo‘shiq kuylash va albomlar taqdim etishdan to‘xtagani yo‘q. 2019-yilda guruhning navbatdagi – DNA deb nomlangan albomi chiqdi.

    Foto: “Fotodom.ru”

    Foto: “Fotodom.ru”

    Ey Jey Maklin

    Foto: Instagram / @backstreetboys

    Foto: Instagram / @backstreetboys

    Maklin san’at olamiga ikki yoshidan kirib kelgan. O‘sha vaqtdayoq u moda namoyishlari hamda teatr tomoshalarida ishtirok etgan. U 9 yoshga to‘lganida “Haqiqat yoki jur’at” filmida bosh qahramon sifatida rol ijro etgan. Keyinchalik u oilasi bilan Orlandoga ko‘chib ketadi va u yerda ham turli tanlovlarda ishirok etgan. Bu vaqtda u guruhning bir qismi sifatida mashhurlikka ham erishib bo‘lgan edi. Maklin 2000-yillarga kelib, o‘zining kareyrasini boshladi. Ba’zida u Johnny No Name taxallusi ostida ham ijod qilar edi. U mustaqil ravishda bir necha albom chiqargan bo‘lsada, guruhdan ajralmadi. Shuningdek, u hayotining bir qismida spirtli ichimlik va giyohvandlikka ham berildi. Ammo o‘zida kuch topib, bunga qarshi kurashdi. Endilikda u xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi va muammoga duch kelgan insonlarga yordam qo‘lini cho‘zadi. 2001-yilda u sevgilisi Roshel Karidis bilan turmush qurgan va juftlikning ikki nafar farzandi bor.

    Nik Karter

    Foto: Instagram / @backstreetboys

    Foto: Instagram / @backstreetboys

    Nik yoshligida aktyor bo‘lishni orzu qilgan, shuning uchun ham kastinglarda ishtirok etgan. 1990-yilda esa “Edvard qo‘l-qaychi” filmida rol ijro etishga muyassar bo‘lgan. Ammo bir necha yil o‘tgach, Nik guruh qo‘shiqchisiga aylandi va dunyo bo‘ylab mashhurlikka erishdi. 2002-yil guruh karyerasida tanaffus qilganda, Nik o‘zining birinchi “Now or Never” diskini taqdim etdi. Ko‘p o‘tmay yangi albom ustida ish boshlagan Nik 2010-yilga kelib, uni tugatishga muvaffaq bo‘ldi. Bundan tashqari, u bir necha filmlarda ham rol ijro etdi. U ham boshqa hamkasblari singari xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi va atrof-muhitni muhofaza qilish muammolariga e’tibor beradi. Nik Karter aktrisa va fitness murabbiyi Loran Kitt bilan turmush qurgan va ularning ikki nafar farzandi bor.

    Xaui Dorou

    Foto: Instagram / @backstreetboys

    Foto: Instagram / @backstreetboys

    Xaui ham yoshligdan ijod olamida bo‘lib, teatr tomoshalarida ishtirok etgan. U guruh a’zosiga aylangunga qadar turli tanlovlarda qatnashgan. Lekin unga muvaffaqiyatni aynan Backstreet Boys guruhi keltirgan. 2011-yilda Xaui o‘zining birinchi “Back to Me” yakkaxon albomini taqdim etgan. Yigit prodyuserlik va xayriya ishlari bilan shug‘ullanadi. Musiqachining singlisi volchanka kasalligi bilan vafot etganidan so‘ng u ushbu kasallikni o‘rganuvchi va bemorlarga yordam ko‘rsatuvchi Dorough Lupus Foundation jamg‘armasiga asos soldi. 2007-yilda esa sevgilisi Li Boniello bilan turmush qurgan va hozirda ikki nafar o‘g‘lini tarbiyalab kelmoqda.

    Kevin Richardson

    Foto: Instagram / @backstreetboys

    Foto: Instagram / @backstreetboys

    Bolaligidanoq san’at olamida bo‘lgan Kevin Orlandoga ko‘chib o‘tganidan so‘ng “Uolt Disney Jahon madaniyat markazi”da ekskursiya bo‘yicha rahbar bo‘lib ishlagan. Uning hayoti guruh a’zosiga aylanganidan keyin butunlay o‘zgarib ketgan. Ammo tanaffusdan keyin Kevin guruhga qaytishni istamadi va o‘zi yakkaxon tarzda ijod qilishni ma’qul ko‘rdi. O‘tgan vaqt mobaynida u o‘zini aktyor sifatida ham sinab ko‘rdi. 2012-yilga kelibgina u guruhga qaytishga qaror qildi. U ham do‘stlari singari xayriya ihslari bilan shug‘ullanadi. Saraton bilan kasallanganlarga yordam beradi, sababi otasi ham aynan shu kasallik tufayli vafot etgan. Kevin aktrisa Kristin Key Uillits bilan turmush qurgan va ikki nafar o‘g‘il farzandni tarbiyalamoqda.

    Brayan Littrell

    Foto: Instagram / @backstreetboys

    Foto: Instagram / @backstreetboys

    1993-yili Kevin amakivachchasini guruhning beshinchi a’zosi sifatida taklif qilgan. Brayan yoshligida tug‘ma yurak nuqsoni bilan tug‘ilgan va shifokorlar uning omon qolishiga ishonmagan. Ammo Brayan kasallikka dosh bera oldi va buning uchun Yaratgandan doim qarzdorligini tan oladi. Keyinchalik u ham hamkasblari singari xayriya ishlari bilan shug‘ullandi va yurak xastaligi bilan og‘rigan bemorlarga yaqindan yordam beradigan “Sog‘lom qalblar klubi” fondini yaratdi. Shuningdek, u tabiiy ofat qurbonlari, muhtojlar, nogiron va yetim bolalarga ham yordam beradi. U 20 yildan buyon aktrisa Lienn Uolles bilan baxtli hayot kechirib kelmoqda.

    Mavzuga doir:

    • Afsonaviy Modern Talking guruhi xonandalari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)
    • Rossiyaning HammAli & Navai dueti tarqalib ketganini e’lon qildi
    • Britaniya xit-paradlarini zabt eta olmagan Last Christmas qo‘shig‘i 36 yil deganda bunga erishdi

    29.03.2021, 15:36   Izoh (0)   21413
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Afsonaviy Modern Talking guruhi xonandalari hozir qanday ko‘rinishda? (foto)

    26.03.2021, 14:56

    BTS guruhi Ginnes rekordini o‘rnatdi. Dynamite qo‘shig‘iga ishlangan klip premyerasi bir vaqtning o‘zida 3 milliondan ortiq tomosha qilingan (video)

    19.03.2021, 14:21

    Qozog‘istonlik dijey yilning eng yaxshi remiksi uchun “Gremmi” mukofotini qo‘lga kiritdi

    15.03.2021, 17:35

    Xonanda Beyonse saratondan vafot etgan muxlisining xotirasi uchun bir nechta qo‘shiq kuyladi (video)

    09.03.2021, 11:35

    Rossiyaning HammAli & Navai dueti tarqalib ketganini e’lon qildi

    06.03.2021, 22:45

    O‘zbekistonlik dijey Toshkent teleminorasida o‘z musiqiy to‘plamini taqdim etdi (video)

    03.03.2021, 15:33
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35

    “Liverpul” Vinisius uchun “Real”ga katta summa taklif qildi

    Sport | 14 iyul, 21:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.