Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Wham! duetining barcha davrlarning yangi yil bosh xit-qo‘shiqlaridan biri bo‘lgan Last Christmas qo‘shig‘i tarixda ilk bor Britaniya xit-paradlarida birinchi o‘rinni egalladi, deb xabar bermoqda Meduza.

Jorj Maykl tomonidan yozilgan va Endryu Rijli bilan birga ijro etilgan ushbu qo‘shiq Britaniya chartida ilk bor 1984-yil dekabrida yangragan. O‘shanda u ikkinchi o‘rinni egallab, pop-yulduzlardan iborat Aid guruhining Do they know it’s Christmas? qo‘shig‘iga o‘rin bo‘shatib, birinchilikni qo‘ldan boy bergan.

Biror marta ham xir-paradda birinchi o‘rinni olmagan Last Christmas uzoq vaqt davomida eng xaridorgir Britaniya qo‘shig‘i bo‘lgan.

2017 yil Wham! muxlislari hatto Jorj Mayklning vafotiga bir yil to‘lgani munosabati bilan (u 2016-yil 25-dekabrda 53 yoshida yurak yetishmovchiligidan vafot etgan) kampaniya o‘tkazib, Last Christmas qo‘shig‘ini sotib olishga undagan. Ammo o‘shanda ham u xit-paradda ikkinchi o‘ringa ko‘tarila olgan xolos.

Biroq 2000-yillarning o‘rtalaridan boshlab qo‘shiq har yili yil qo‘shig‘i chartiga qaytadi — Yangi yil ta’tillarida strimming servislarida faol tinglanadi. So‘nggi yillarda u muntazam ravishda eng yaxshi qo‘shiqlar Top-10 taligidan o‘rin oladi.

Va nihoyat 2021-yil arafasida qo‘shiq xit-parad reytingida birinchi o‘rinni zabt etdi. BBC’ning yozishicha, o‘tgan hafta davomida britaniyaliklar Last Christmas qo‘shig‘ini 9,2 million martadan ortiq tinglagan.

Wham! duetining sobiq solisti Endryu Rijlining aytishicha, uning marhum duetdoshi Last Christmas qo‘shig‘ining “abadiy jozibadorligidan” dalolat beruvchi bunday xabardan juda xursand bo‘lib, mag‘rurlangan bo‘lardi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Sport
Iskandarov — eng yaxshi futbolchi, Kapadze — eng yaxshi murabbiy. O‘zbek futbolida 2022-yilning eng yaxshilari aniqlangan marosimdan fotoreportaj
Madaniyat
Farzandidan ayrilgan, 3 soat uxlagan, hojatxonada farroshlik qilgan: muvaffaqiyatga erishish yo‘lida turli qiyinchiliklardan o‘tgan yulduzlar (foto)
Mahalliy
“Sirdaryoda bir so‘m ham o‘g‘irlanmaydigan, korrupsiyasiz tizim yaratilishi kerak” — Sardor Umurzoqov