• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +26°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Uzoq yillik hukmronlikning boshlanishi. Vladimir Putinning saylovdagi ilk g‘alabasi tarixi

    1999-yil oxirida Boris Yelsinning iste’foga chiqishi 2000-yil 26-martda Rossiya Federatsiyasi prezidentligi uchun navbatdan tashqari saylovlar o‘tkazilishiga sabab bo‘ldi. Bu saylovlarda mamlakatning hozirgi paytdagi prezidenti Vladimir Putin g‘alaba qozondi va ilk bor Rossiya prezidenti etib saylandi. “Daryo” ushbu voqealar tarixidan hikoya qiladi.

    Ilk g‘alaba

    Siyosiy tahlilchilar, sotsiologik xizmatlar va ommaviy axborot vositalarining fikriga ko‘ra, 1999-yilda bosh vazir va prezident vazifasini bajaruvchi etib tayinlangan Vladimir Putin g‘alaba qozonishga eng yaqin nomzodlardan edi. Asosiy savol Putin birinchi turdayoq g‘alaba qozonadimi yoki ikkinchi tur, ya’ni qayta ovoz berishga to‘g‘ri keladimi, shunda edi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    “Rossiya Federatsiyasi Prezidenti saylovlari to‘g‘risida”gi qonunga muvofiq saylov kuni Rossiya Federatsiyasi Prezidentining konstitutsiyaviy vakolat muddati tugaganidan keyingi birinchi yakshanbaga belgilanishi kerak edi. Ya’ni, agar Boris Yelsin o‘z prezidentlik muddatini oxirigacha o‘taganida navbatdagi saylovlar 2000-yil 9-iyulga to‘g‘ri kelardi. Ammo u 1999-yil 31-dekabrda “Prezident saylovlari to‘g‘risida”gi qonunni imzoladi va shu kuni iste’fo berdi. Qonunga muvofiq muddatidan oldingi prezident saylovlari uch oy ichida o‘tkazilishi kerak edi.

    Saylovlar uchun Rossiya Federatsiyasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan 12 nomzod ro‘yxatdan o‘tkazildi. Ular:

    1. Govoruxin Stanislav Sergeyevich
    2. Jabrailov Umar Aliyevich
    3. Jirinovskiy Vladimir Volfovich
    4. Zyuganov Gennadiy Andreyevich
    5. Pamfilova Ella Aleksandrovna
    6. Aleksey Podberezkin
    7. Putin Vladimir Vladimirovich
    8. Savostyanov Evgeniy Vadimovich
    9. Skuratov Yuriy Ilyich
    10. Titov Konstantin Alekseyevich
    11. Tuleyev Aman-geldi Moldagazevich
    12. Yavlinskiy Grigoriy Alekseyevich
    Ro‘yxatga kiritilgan saylovchilar soni 109 372 046 nafar edi. Saylovlar yakunida 74 369 773 ta byulleten haqiqiy deb topildi. Putinning saylovoldi shtabi rahbari Dmitriy Medvedev Rossiya prezidentligi saylovlaridagi dastlabki natijalarini “mutlaqo demokratik” deb ataydi.

    Rossiya Federatsiyasi Kommunistik partiyasi Markaziy qo‘mitasi raisi Gennadiy Zyuganov ovoz berish paytida qonunbuzarliklar ro‘y berganligi ehtimoli bilan bog‘liq ayblovlar haqida gapirganda Dmitriy Medvedev Putinning saylov shtab-kvartirasida jiddiy qonunbuzarliklar to‘g‘risida dalillar mavjud emasligini ta’kidlaydi. Bu bayonotlarni “mag‘lub bo‘lgan tomonning bayonotlari” deb ta’riflaydi u.

    Putin kim?

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    To‘rt marta Rossiya “taxt”iga o‘tirgan Vladimir Vladimirovich Putin 1952-yil 7-oktyabrda Leningradda tavallud topgan. Leningrad davlat universiteti (LDU) yuridik fakultetini tamomlagan Putin SSSR KGB Leningrad boshqarmasi tergov bo‘limida razvedka liniyasida ishlagan. 1991-yil 20-avgustda u KGBdan podpolkovnik unvoni bilan iste’foga chiqqan. 1999-yil avgust oyida Rossiya Federatsiyasi Federal xavfsizlik xizmati boshlig‘i etib tayinlangan.

    1999-yil 31-dekabrda Rossiya prezidenti Boris Yelsinning qarori bilan Rossiya Federatsiyasi Prezidenti vazifasini bajaruvchi etib tayinlanganidan so‘ng Putin davlatning birinchi shaxsiga aylandi. Shu tariqa Putin 2000, 2004, 2012 va 2018-yillarda davlat rahbari lavozimiga saylangan. Mamlakat konstitutsiyaga kiritilgan ayrim o‘zgartirishlardan so‘ng Putin 2024-yil mart oyida bo‘lib o‘tadigan yangi prezident saylovlarida ham qatnashish huquqini qo‘lga kiritdi.

    Putinning oilasi

    Putin 1983-yil 28-iyulda 30 yoshida 25 yoshli Lyudmila Aleksandrovna Shkrebnevaga uylandi. 2013-yil 6-iyun kuni “Rossiya 24” telekanaliga bergan intervyularida ular oralaridagi nikoh o‘zaro kelishuv asosida yakunlanganligini e’lon qildilar. Ushbu nikohdan prezidentning ikki nafar qiz farzandi bor.

    Rossiyaning to‘rt karra prezidenti Putin nomi butun dunyoda mashhur. Uning sharafiga yuzlab qo‘shiq, film, suratlar – san’at asarlari yaratilgan. Bundan tashqari u yuzlab mukofot va orden medallar bilan taqdirlangan.

    Dilbar Ismatullayeva tayyorladi.

    26.03.2021, 20:46   Izoh (0)   41354
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyo pandemiyaning avj nuqtasidan o‘tib bo‘ldi, Yevroittifoq koronavirusning uchinchi to‘lqini haqida e’lon qildi, COVID-19 bilan kasallanib o‘tganlarning qariyb

    26.03.2021, 15:12

    Suvaysh kanalining to‘silib qolgani tufayli jahon savdosi soatiga 400 mln dollar yo‘qotmoqda

    26.03.2021, 12:59

    Jo Bayden 2024-yilgi AQSh prezidenti saylovida ham qatnashishini ma’lum qildi. O‘sha vaqtda u 81 yoshda bo‘ladi

    26.03.2021, 11:39

    Suvaysh kanaliga tiqilib qolgan kema atrofini qazish boshlandi. Kanal atrofida katta tirbandlik yuzaga kelgan (foto va video)

    26.03.2021, 11:09

    Shimoliy Koreya ikkita taktik raketaning muvaffaqiyatli sinovlari haqida ma’lum qildi

    26.03.2021, 10:19

    Nursulton Nazarboyev nevarasining o‘limi sababi ma’lum qilindi

    26.03.2021, 09:59
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.