Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkentdagi jamoat transportlari harakatini kuzatishga mo‘ljallangan mobil dasturlar marshrutkalar harakatini ham ko‘rsata boshladi. Bunga qadar ular faqat avtobuslarni ko‘rsatar edi, deb xabar beradi “Toshshahartransxizmat”.

Foto: Spot

Foto: Spot

“Siz endilikda o‘z manzilingizga yetib olish uchun foydalanadigan 52M va 110M yo‘nalishli taksi transport vositalari harakatini oldindan kuzatish uchun, ‘Mening yo‘nalishim’, 2GIS va 3TM mobil ilovalaridan foydalanishingiz mumkin”, — deyiladi xabarda.

Mazkur mobil dasturlarga Toshkent shahridagi 52M va 110M yo‘nalishli taksi transport vositalarining harakati kiritilgan bo‘lib, ushbu jamoat transporti harakatini oldindan ko‘rish va bekatga yetib kelish vaqtini onlayn tarzda kuzatish mumkin.

Shuningdek, boshqa yo‘nalishli taksi transport vositalarini ham tez orada onlayn kuzatish yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilingan.

Hozirda Toshkentdagi jamoat transportlari harakatini kuzatishga mo‘ljallangan bir necha mobil dasturlar mavjud, ular orasida ikkita xorij kompaniyasi ham bor — “Yandeks” (2019-yil sentabrdan ko‘rsata boshlagan) va 2GIS (2019-yilning noyabridan).

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Nukus voqealari bo‘yicha sudlangan Polat Shamshetov tergov hibsxonasida vafot etdi
Dunyo
Turkiyada 7,4 magnitudali zilzila yuz berdi
Dunyo
Moskva metrosidagi eng yirik terakt, Olimpiada o‘yinlariga mezbonlik qilgan Gitler va 25 yoshida Britaniya taxtiga o‘tirgan Yelizaveta. Kun xronologiyasida 6-fevra...