Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Toshkent shahri markazidagi tirbandliklarni kamaytirish maqsadida turk mutaxassislari bilan hamkorlikda metro bekatlari yonida avtoturargohlarni tashkil etish bo‘yicha o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Ahrorxo‘ja Toshxo‘jayev AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Ta’kidlanishicha, Toshkentga shahar atrofidan kirib kelayotgan transport vositalari oqimi o‘rganilgan hamda makromodel sifatida ishlab chiqilgan.

Rivojlangan davlatlarda odamlar metro bekatiga shaxsiy avtoulovida kelib, uni metro yonidagi avtoturargohga qo‘yadi va yo‘lini jamoat transportida davom ettiradi.

O‘zbekistonda ham ana shunday tizim va yirik avtoturargohlarni tashkil etish rejalashtirilyapti. Hozir turk muhandislari bilan o‘rganish-tahlil ishlari olib borilmoqda. Bu shahardagi tirbandlikni kamaytirish va jamoat transporti harakati uchun qulay sharoit yaratish uchun muhim.

Toshkent shahrida 500 mingdan ortiq shaxsiy transport ro‘yxatga olingan. Jamoat transporti orqali esa o‘rtacha 480 ming yo‘lovchi tashilmoqda. Ya’ni shahar aholisining 10 tadan atigi 2 tasi jamoat transportidan foydalanmoqda. Biz bu ko‘rsatkichni yuqori darajaga olib chiqishimiz kerak.

Ahrorxo‘ja Toshxo‘jayev, Toshkent shahar transport boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 26-dekabr kuni Toshkent metropolitenining Sergeli liniyasiga tashrif buyurib, yangi qo‘shiladigan Qo‘yliq liniyasi va metroning kelajakda quriladigan bosqichlariga oid loyihalar bilan tanishgan edi. Tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev metroni rivojlantirish loyihasini oxirigacha yetkazish topshirig‘ini bergan va Toshkent metrosidagi yo‘lovchilar oqimini kuniga 500 ming kishidan 1 millionga yetkazish maqsadini qo‘ygandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
AQSH Yelsinning Ukraina haqidagi bayonotini maxfiylikdan chiqardi
Iqtisodiyot
Korrupsiya darajasi, iqtisodiy erkinlik indeksi: O‘zbekistonning xalqaro reytinglardagi o‘rni qanday o‘zgarmoqda?
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda frilanserlik: ular qancha maosh oladi va nega ko‘paymoqda?