“Yuventus” vitse-prezidenti Pavel Nedved klubning hujumchi Krishtianu Ronaldu va murabbiy Andrea Pirlo bilan xayrlashmoqchi emasligini aytdi.
Krishtianu Ronaldu “Yuventus”da qoladi, u daxlsizdir.Avvalroq Turin klubining Ronalduni 25 million yevroga sotishga tayyorligi hamda portugaliyalikning “Real”ga qaytishni xohlayotgani haqida xabar berilgandi.Andrea Pirlo keyingi mavsumda ham bizning (jamoaning) murabbiyimiz bo‘ladi.
Pavel Nedved, “Yuventus” vitse-prezidenti
Shuningdek, Andrea Pirloning ham mavsum so‘ngida o‘z vazifasidan ozod etilishi mumkinligi to‘g‘risida ma’lumotlar paydo bo‘lgandi.
“Yuventus” Pirlo qo‘l ostida Chempionlar Ligasidagi ishtirokini 1/8 final bosqichida yakunlagan bo‘lsa, A Seriyada 27-turdan keyin 55 ochko bilan 3-o‘rinda bormoqda. Jamoa peshqadam “Inter”dan 10 ochkoga ortda qolmoqda.
Ronaldu 2009—2018-yillarda “Real” safida to‘p surgan. Futbolchi 2020/21-yilgi mavsumda A Seriyaning 24 uchrashuvida 23 ta gol va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Izoh (0)