• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +29°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sayohat

    Yer yuzidagi odamlar yashaydigan eng xavfli hududlar (foto)

    Sayyorada hayot uchun xavfli bo‘lgan joylar ko‘plab topiladi. Tashqaridan vahimali ko‘ringani, u yerda yashashni tasavvur qilib bo‘lmagani bilan mahalliy aholi u yerni tark etishga chog‘lanmaydi.

    Yerdagi eng sovuq joy — Oymakon

    Foto: Woman’s Day

    Foto: Woman’s Day

    Rossiya tarkibidagi Yoqutiston Respublikasining Oymakon qishlog‘ida havo harorati qish kunlari 64 daraja ayrim vaqtlarda esa 77 darajagacha sovuq, yoz kunlari bo‘lsa 34 darajagacha isishi mumkin. Qishloqda yuzdan ortiq aholi yog‘ochdan yasalgan uylarda yashaydi. Harorat 50 darajadan pasayadigan bo‘lsa, maktablar yopiladi. Mahalliy aholi tabiiy shubalar, qalin kiyimlar kiyadi. Haddan ortiq sovuqligi, mashinalarning qotib qolishi mumkinligi va boshqa bir qancha muammolarga qaramay, mahalliy aholi oila a’zolari bilan bu yerda yashashda davom etadi.

    Balandligidan kislorod yetmaydigan joy — La-Rinkonada

    Foto: Woman’s Day

    Foto: Woman’s Day

    Dengiz sathidan 5 ming balandlikda joylashgan Perudagi, La-Rinkonada shahrida o‘simliklarni uchratish mumkin emas. Qoyalardan iborat mazkur hududda kislorod tanqisligi sabab, odam nafas olishga qiynalishi mumkin. Iqlim va maishiy muammolarning borligi mahalliy aholi sonini ko‘paymasligiga sabab bo‘lolmaydi. Shahar aholisining soni so‘nggi vaqtda ikki karraga ko‘paygan va bugungi kunda 50 ming kishini tashkil qiladi.

    Odamlar “igna ustidagidek” yashaydigan Sumatra oroli

    Foto: Woman’s Day

    Foto: Woman’s Day

    Yerning yorig‘ida joylashgan mazkur hudud yashash uchun eng xavfli joylardan biri sanaladi. Bu yerda 8 ballgacha yer silkinishi, vulqonlar otilishi, dovullar ko‘plab kuzatilishi mumkin. Shunga qaramasdan Sumatra orolida 50 milliondan ortiq “metin asabli” odamlar yashaydi. Indoneziyaning boshqa Yava orolida esa Merapi vulqoni aholini tonusda ushlab turadi. Merapidan 7 yilda bir marta katta, 1 yilda ikki marta mayda vulqonlar otilib turishi hammasi emas, tutun parchalari har kuni chiqib turadi.

    Ulkan echkiemarlar oroli — Komodo

    Foto: Woman’s Day

    Foto: Woman’s Day

    Komodo oroli uzunligi 3 metr, og‘irligi 180 kilogramm tashkil qiladigan echkiemarlar ko‘pligi bilan mashhur. Aholining soni 2000, bunday bahaybat echkiemarlar esa 1700 nafarni tashkil qiladi. Ular uchun deyarli 80 yil avval qo‘riqxona tashkil etilgan bo‘lib, u keyinchalik YuNESCO’ning jahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan. Sakraydigan, yuguradigan, suzadigan va quyoshda toblanadigan hayvonlarning odamlarga tashlanishi ham ehtimoldan holi emas. Shunga qaramay, mahalliy aholining mazkur orolni tark etish niyati yo‘q.

    Qumdan iborat posyolka— Shoyna

    Foto: Woman’s Day

    Foto: Woman’s Day

    Rossiyadagi Shoyna posyolkasida yashovchi aholining har tongi uylarini qumdan kavlab olishdan boshlanadi. Ayrimlar uy derazasidan tashqariga chiqishi mumkin, ammo har ehtimolga qarshi uyning tom qismida ham tashqariga chiqish uchun tuynuklar bor. Soni 200 nafarni tashkil qiladigan aholi muntazam ravishda binolarni kavlab olishga allaqachon ko‘nikkan.

    Yomg‘irlar qishlog‘i — Mosinram

    Foto: Woman’s Day

    Foto: Woman’s Day

    Hindistonda joylashgan Mosinram qishlog‘i Ginnesning rekordlari kitobiga sayyoradagi eng nam ob-havoli joy sifatida kiritilgan. Ko‘pchilikka yog‘ingarchilikning haddan ortiq bo‘lishi noqulaylik keltirib chiqarilganiga qaramay, Mosilyamda yashovchi odamlar bunga odatiy holdek qaraydi va bundan unumli foydalanishga harakat qiladi. O‘ziga xos o‘simliklar o‘sadigan va bambukli zontlar o‘rnatilgan qishloq aholisini shamollash aslo cho‘chitmaydi. Namlikning yuqori ekani sabab qishloq xo‘jaligi bo‘lmagan hududda yomg‘ir asosan yoz va erta kuzda ko‘p bo‘ladi.

    Qaynaydigan ko‘l 

    Foto: Woman’s Day

    Foto: Woman’s Day

    Markaziy Afrikadagi Kivu ko‘li va uning atrofi go‘zalligi bilan sayyohlarni o‘ziga maftun qiladi. 2 millionni tashkil qiladigan aholi ekzotik baliqlari bor mazkur ko‘lda cho‘milishi, baliq tutishi mumkin. Ammo olimlarni suv havzasi ostida metan va uglerod dvuokisi borligi xavotirga soladi. Yer silkinadigan bo‘lsa sunami, otilishlar yoki boshqa inson hayoti uchun xavfli hodisalar yuz berishi mumkin. Bunday voqea 1948-yilda yuz bergan bo‘lib, unda ko‘ldagi suv qaynay boshlagan, qattiq talofat ko‘rmagan aholi tabiat tomonidan “pishirib berilgan” (suv qaynaganida baliqlarning pishib qolgani nazarda tutilyapti) baliqlarni iste’mol qilgan. Gaz to‘planishining davom etgani sabab olimlar ushbu holat takrorlanishidan qo‘rqadi, ammo mahalliy aholi odatiy turmush tarzini kechirishda davom etadi.

    Radiatsiyali hudud — Chernobil

    Foto: Woman’s Day

    Foto: Woman’s Day

    1986-yilda Chernobildagi AES avariyasidan keyin 30 kilometrlik hududdan jami 115 000 kishi butunlay ko‘chib ketgan. Zararlanish xavfi hali yana uzoq vaqt yuqori bo‘ladigan hududda yashashda davom etayotgan kishilar ham yo‘q emas. Olimlar, radiatsiya darajasini kuzatuvchi ilmiy xodimlar bilan jami 80 nafar inson istiqomat qiladi.

    Telefondan foydalanish taqiqlangan qishloq — Kifuka

    Foto: Woman’s Day

    Foto: Woman’s Day

    Kongo demokratik respublikasidagi qishloq 970 metr balandlikdagi tog‘da joylashgan. Aholi turmush tarzi va salomatligini saqlash maqsadida mazkur qishloqda telefon, planshet va boshqa shu kabi narsalardan foydalanish taqiqlanadi. Gap shundaki, ushbu qishloqda muntazam ravishda yashin urishi odatiy hol bo‘lgan anomal hudud mavjud.

    Tornadolar xiyoboni

    Foto: Woman’s Day

    Foto: Woman’s Day

    Yer yuzida shamol 400 km/soat tezlikda esishi mumkin bo‘lgan joy bor. AQShdagi Texas, Oklaxoma, Kanzas, Nebraska, Janubiy Dakota, Kolorado singari hududlar tornado xiyoboni deb ataladi. Bu yerdagi uylar mustahkamlik standartlariga to‘g‘ri kelishi, tornadodan saqlanish mumkin bo‘lgan boshpanasi bo‘lishi kerak. Ogohlantirish tizimi tashkil qilingan hududdagi har bir fuqaro xavfsizlik qoidalarini yaxshi biladi va unga rioya qiladi. Chunki bu yerda boshqachasiga yashab bo‘lmaydi.

    Mavzuga doir:

    • Dunyoga mashhur diqqatga sazovor maskanlarning boshqa rakursdan olingan suratlari (foto)
    • Velosiped va lolalar shahri Amsterdamga boshqa tomondan nazar solishga turtki bo‘luvchi suratlar
    • Flamingo, rang-barang uylar, pushti ko‘l: Tarix va tabiat go‘zalligini o‘zida mujassam etgan Lotin Amerikasiga fotosayohat

    24.03.2021, 11:59   Izoh (0)   36257
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Dunyoga mashhur diqqatga sazovor maskanlarning boshqa rakursdan olingan suratlari (foto)

    18.03.2021, 16:23

    Samolyotlar uchmaydigan, poyezd ham yurmaydigan mamlakat – Lixtenshteyn haqida 20 ta fakt (foto)

    17.03.2021, 17:47

    Velosiped va lolalar shahri Amsterdamga boshqa tomondan nazar solishga turtki bo‘luvchi suratlar

    07.03.2021, 20:56

    Sayohatga chiqqanda mahalliy oshxona bilan yaqindan tanishish uchun albatta tatib ko‘rish kerak bo‘lgan taomlar (foto)

    02.03.2021, 19:21

    Suv ustidagi shahar — Venetsiyadagi noodatiy yashash tarzini aks ettiruvchi suratlar (foto)

    01.03.2021, 09:59

    Flamingo, rang-barang uylar, pushti ko‘l: Tarix va tabiat go‘zalligini o‘zida mujassam etgan Lotin Amerikasiga fotosayohat

    26.02.2021, 20:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35

    Sun’iy intellekt orqali hayotingizni osonlashtirishning 9 ta usuli

    Layfstayl | 12 iyul, 22:00

    Donald Tramp Klublar o‘rtasidagi JCH finalida qatnashadi

    Sport | 12 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.