Ba’zan filmning suratga olish jarayonlarida aktyorlar orasida bir-birni tushungan holda ishlash hissi paydo bo‘ladiki, rejissorlar ularni kadrlarda qayta-qayta ko‘rishni xohlashadi. Bu fikrga to‘la qo‘shilgan holda bir-biri uchun yaratilgan kino juftliklar haqida ma’lumot beramiz.

Emma Stoun va Rayan Gosling

Foto: AdMe

Emma Stoun va Rayan Gosling ilk marta 2011-yilda “Ahmoqona muhabbat“ filmida birgalikda rol ijro etib, mukammal juftlikka aylanishgan: Emma Rayan bilan ishlash unga yoqishini va u bilan boshqa filmlarda ham suratga tushishga tayyorligini aytgan.

Uning bu istagi amalga oshdi: ular yana ikki marotaba — 2013-yilda suratga olingan “Gangster ovchilari” va 2016-yilda “La-La-Lend” filmlarida sevishgan juftlik rolini o‘ynashgan.

Keyt Uinslet va Leonardo Di Kaprio

Foto: AdMe

Keyt Uinslet va Leonardo Di Kaprio bir-biri bilan birinchi marta “Titanik” (1997) filmida tanishgan. O‘shandan beri ular yaqin do‘st bo‘lib, hayotda bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Hatto Keytning to‘yida Leonardo uni mehrob yoniga o‘zi olib borgan. “Titanik” ekran yuzini ko‘rganidan 11 yil o‘tib, ular “O‘zgarishlarga yo‘l” filmida turmush qurgan juftlik rolini ijro etdi.

Anjelina Joli va Bred Pitt

Foto: AdMe

Ushbu unutilmas duet birinchi marta 2005-yilda “Janob Smit va Smit xonim” filmida paydo bo‘lgan. Shu filmning suratga olish jarayonlarida aktyorlar bir-birlarini sevib qolishgan. 10 yil o‘tgach, ular Anjelina Joli ssenariysi va rejissorligi asosida suratga olingan “Lojuvard qirg‘oq” filmida yana birga rol o‘ynagan.

Sirsha Ronan va Timati Shalame

Foto: AdMe

Yana bir sevimli juftlik 2017-yilda “Byord xonim” filmi bilan tanilgan. Timoti va Sirsha nafaqat hayotda ham yaqin do‘st, balki sahnada ham ajoyib sheriklardir. 2019-yilda ular “Kichik ayollar” filmida yaqin do‘stlar rolini ijro etdi.

Ularni yana 2021-yilda ekranga chiqishi mo‘ljallangan “Fransiya nashri” filmi premyerasida ko‘rishimiz mumkin.

Bryus Uillis va Semyuel Jekson

Foto: AdMe

Aktyorlarning kinodagi hamkorligi 1993-yilda boshlangan. Bugungi kunga kelib Uillis va Jekson birgalikda 5 ta filmda rol ijro etgan. Ularning eng mashhurlari — “Jinoiy ish” (1994), “Qattiq yong‘oq 3” (1995) va “Ko‘zgu” (2019).

Uill Fyurrell va Jon Si Rayli

Foto: AdMe

Ushbu komedik juftlik allaqachon 3 ta filmda suratga tushib ulgurgan. Ularning ilk hamkorlikdagi loyihasi 2006-yildagi “Riki Bobbi: Yo‘l qiroli” bo'lib, unda Rayli personaji o‘zini “doktor Vatts” deb ataydi. Qizig‘i shundaki, oradan 12 yil o‘tgach, ular “Xolms va Vatson” filmida birgalikda rol ijro etadi. Shuningdek, aktyorlar “Erkin aka-ukalar”da ham o‘ynagan.

Tom Xenks va Meg Rayan

Foto: AdMe

Tom Xenks va Meg Rayan bir necha marotaba sevishganlar rolida chiqqan. Ularning birinchi ishi — “Jo vulqonga qarshi” filmi katta muvaffaqiyatga erisholmagan. Biroq keyingi 2 ta — “Sietldagi bedorlar” (1993) va “Sizga xat bor” (1998) filmlari jamoatchilik tomonidan juda yaxshi kutib olingan.

Robert De Niro va Jo Peshi

Foto: AdMe

Ushbu afsonaviy duet 1980-yilda “Quturgan buqa” filmida tanishgan. Suratga olish sahnalaridan birida Robert De Niro tasodifan Jo Peshining qovurg‘asini sindirib qo‘ygan. Ammo Peshi undan xafa bo‘lmagan ko‘rinadi, chunki keyinchalik ular yana 4 ta filmda birga ishladi. Eng so‘nggi hamkorlik “Irland” (2019) filmi bo‘lib, u 10 ta nominatsiya bo‘yicha “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritdi.

Dryu Berrimor va Adam Sendler

Foto: AdMe

Berrimor va Sendlerning birgalikdagi ilk filmi “To‘ydagi qo‘shiqchi” (1998) bo‘lgan, keyinchalik ular “Ellik bo‘sa” (2004) va “Aralashganlar” (2014) filmlarida ham birga ishlagan.

Tina Fey va Emi Polar

Foto: AdMe

Agar og‘ir ish kunidan keyin hordiq chiqarishni istasangiz, ushbu xonimlar ishtirokida filmlarni tomosha qiling. Ular juda ko‘p filmlarda birgalikda rol ijro etgan. “Oh, onaginam” (2008), “Opa-singillar” (2015) va “Vino mamlakati” (2019) shular jumlasidan. Tina Fey va Emi Poler hayotda ham yaqin do‘st.

Juliya Roberts va Richard Gir

Foto: AdMe

Afsuski, Juliya Roberts va Richard Gir atigi 2 ta filmda birga rol o‘ynagan — “Sohibjamol” (1990) va “Qochoq kelin” (1999) filmlaridagi sevishganlar roli ularni betakror juftlik sifatida e’tirof etish uchun kifoya qiladi.

Jonni Depp va Helena Bonem Karter

Foto: AdMe

Ehtimol, butun Gollivudda Jonni Depp va Helena Bonem Karterdan ham o‘tadigan mos juftlik yo‘qdir. Chunki ular bir-birlariga shunchalik o‘xshaydiki, hatto ularni bir xarakterning erkak va ayol varianti deyish mumkin. Aktyorlar 6 ta filmda hamkorlikda ishlagan, ulardan 5 tasiga Tim Berton rejissorlik qilgan.

Uma Turman va Jon Travolta

Foto: AdMe

Ma’lum bo‘lishicha, Uma Turman “Jinoiy ish” filmida suratga tushgan Travoltaning xoreografik qobiliyati haqida bilgan va shuning uchun dastlab u bilan raqsga tushishni istamagan. Ammo keyinchalik ular “Eng zo‘ri bo‘l (2005) va “O‘ta xavflilar” (2012) filmlarida suratga tushgan.

Nikol Kidman va Tom Kruz

Foto: AdMe

Tom Kruzning o‘zi “Momaqaldiroq kunlari” (1990) filmidagi qahramon qizi roli uchun kinoda endigina faoliyat boshlagan Nikol Kidmanni tanlagan. Keyin ular “Uzoq-uzoqlarda” (1992) va “Yumuq ko‘zlar bilan” (1999) filmlarida birgalikda rol ijro etgan.