“Barselona” yozgi transfer oynasida bir qator futbolchilarini transferga qo‘ymoqchi.
Mundo Deportivo jurnalisti Marsal Lyorentening xabar qilishicha, katalonlar darvozabon Neto, himoyachi Samyuel Umtiti, yarim himoyachilar Mateus Fernandes, Filippe Koutinyo, Miralem Pyanich va hujumchi Martin Breytueytni sotib yubormoqchi.
Katalonlar ustozi Ronald Kuman ham, rahbariyat ham yuqorida sanab o‘tilgan futbolchilarni qo‘yib yuborishga qarshi emas.
Neto ketadigan bo‘lsa, uning o‘rinini jamoaning uchinchi darvozaboni Inyaki Penya egallaydi. Koutinyoga o‘rinbosar sifatida Aleks Kollado ko‘rilmoqda. Yozda katalonlar safiga kelib qo‘shiladigan “Manchester Siti” himoyachisi Erik Garsiya Umtitining o‘rnini egallaydi. Pyanich o‘rniga ega “Liverpul” yarim himoyachisi Jorjinyo Veynaldum olib kelishini kutilmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)