Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ta’tili aks etgan kadrlar Internetning nafaqat rus tilidagi segmentida, balki G‘arb OAVlarida ham juda ko‘p marta tomosha qilinmoqda va izohlar yig‘moqda, deb yozadi “Vesti.ru”. Nashr eslatishicha, u bir necha kunni Janubiy Sibiriyada o‘tkazgan edi, 7-avgust kuni esa Kreml sayti Rossiya prezidentining hordiq chiqarayotgani aks etgan 46 daqiqalik videoni e’lon qildi.

Foto: “Vesti.ru”

Foto: “Vesti.ru”

Sibirga safari chog‘ida u taygada bo‘ldi. U yerda prezident tog‘ ko‘llarida baliq tutdi, daryolarda motorli qayiqlarda yurdi, kvadrotsiklda va piyoda tog‘dan tog‘ga ko‘chib yurdi.

Safarda Rossiya prezidentiga mudofaa vaziri Sergey Shoygu, shuningdek, Tuva rahbari Sholban Kara-ool va Xakasiya rahbari Viktor Zimin hamrohlik qildi. Jurnalistlar iltimosiga binoan u “yovvoyi” hordiq chog‘ida nimalar bilan oziqlanishgani haqida gapirib berdi.

Ular o‘zlari ovlagan narsalarni yegan: xususan, baliqsho‘rva va cho‘rtanbaliqdan kotlet pishirgan.

Bundan tashqari, foto va video kadrlarga yozilgan izohlarda ko‘pchilik tayga bo‘ylab sayohat chog‘ida Putinning cho‘ntagidan chiqib turgan shoxcha nimaligi bilan qiziqqan. Afsuski, ularning savollari javobsiz qolgan va ular taxminlar bilan cheklangan, xolos.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Kripto
O‘zbekiston 2022-yilda kripto sektoridan budjetga 300 ming dollardan ortiq mablag‘ yig‘di
Mahalliy
“Geosiyosiy vaziyatning salbiy taʼsiri sababli inflyatsiya darajasi kutganimizdan yuqori shakllandi” — Mamarizo Nurmurodov
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Turkiyadagi zilzila munosabati bilan Rajab Toyyib Erdo‘g‘onga hamdardlik yo‘lladi