• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +38°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Pandemiya tufayli Tokiodagi Olimpiada o‘yinlariga chet ellik tomoshabinlar kiritilmaydigan bo‘ldi

    Koronavirus pandemiyasi tufayli 2020-yil Tokioda bo‘lib o‘tadigan Olimpiada o‘yinlarida chet ellik tomoshabinlar ishtirok eta olmaydi. Bu haqda Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi va Yaponiya hukumati vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan onlayn uchrashuvdan so‘ng Olimpiya o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi ma’lum qildi, deb yozadi “Interfaks”.

    Foto: Getty Images

    Foto: Getty Images

    “Olimpiadaga chipta sotib olgan chet elliklar uchun vaziyatni aniqlashtirish va ularning mazkur pandemiya sharoitidagi sayohat rejalariga oydinlik kiritishni maqsad qilgan Yaponiya hukumatining xulosasiga ko‘ra, ular Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini tomosha qilish uchun Yaponiyaga kela olmaydi”. — deyiladi qo‘mita bayonotida.

    Shu bilan birga, bayonot mualliflari tez orada chet ellik muxlislar uchun chiptalarni qaytarib berish mexanizmi haqidagi izohlarni taqdim etishga va’da berdi.

    Kyodo News agentligining ta’kidlashicha, tashkilotchilar chet ellik ko‘ngillilarni ham qabul qilmaydigan bo‘ldi. Olimpiada o‘yinlarini 2021-yilga qoldirish to‘g‘risida qaror qabul qilingan paytda tashkiliy ishlardagi 80 ming ko‘ngillilarning taxminan 10 foizi chet el fuqarolariga to‘g‘ri kelgan. Shu bilan birga, rasmiylar Yaponiyada topilishi qiyin bo‘lgan ko‘ngillilar, masalan, kamchilik gaplashadigan tillarda so‘zlashuvchilarning o‘yinga kelishi ehtimolini o‘rganmoqda.

    Agentlikning xabar berishicha, Olimpiada chiptalarining 1 millionga yaqini chet elliklarga sotilgan bo‘lishi mumkin.

    Tokio Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari 2020-yil yozida bo‘lib o‘tishi kerak edi, lekin koronavirus pandemiyasi tufayli ular 2021-yilga qoldirildi. Endi Olimpiada 23-iyuldan 8-avgustgacha, Paralimpiya o‘yinlari 24-avgustdan 5-sentabrgacha bo‘lib o‘tadi.

    Shuningdek, Yaponiyada Olimpiada mash’alasi estafetasining 25-mart kuni Fukusimada boshlanadigan birinchi qismi tomoshabinlarsiz o‘tishi ma’lum qilingan.

    Avvalroq Yaponiya kompaniyalarining yarmidan ko‘pi 2021-yilgi Olimpiada o‘yinlariga qarshi ekanini bildirgan edi.

    Mavzuga doir: Bir yilga kechiktirilgan Tokio Olimpiadasi o‘tkaziladimi? Agar o‘tkazilsa, qanday?

    21.03.2021, 10:12   Izoh (0)   9889
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Islandiyada 6 ming yil uxlagan vulqon harakatga keldi (foto, video)

    21.03.2021, 07:32

    Ispaniyada koronavirus ilk bor yovvoyi qorako‘zanlarda qayd etildi

    20.03.2021, 22:53

    Fransiya bosh vaziri to‘g‘ridan to‘g‘ri efirda koronavirusga qarshi AstraZeneca vaksinasi bilan emlandi

    20.03.2021, 22:12

    British Airways pandemiya davrida ko‘plab xodimlar masofadan ishlashga o‘tgani tufayli Londondagi shtab-kvartirasini sotmoqchi

    20.03.2021, 21:32

    Norvegiyada koronavirusga qarshi cheklovlarni buzgani uchun bosh vazirga qarshi tergov ishlari boshlandi. U tug‘ilgan kunida 13 kishini mehmon qilgan

    20.03.2021, 17:26

    Xusiylar Saudi Aramco neft kompaniyasini o‘qqa tutgani haqida ma’lum qildi

    20.03.2021, 14:39
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    O‘zbekistonda beshta oliygohga kirolmagan talabgor oltinchisiga qabul qilinishi mumkin

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:48

    Endi oliygohlar davlatdan to‘plangan ballariga qarab pul oladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:41

    Birgina reklama puliga poytaxtdan kvartira: mashhurlar ijtimoiy tarmoqlardan qancha daromad oladi?

    Layfstayl | 8 avgust, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 16:16

    Oltinga burkangan qasr: Tramp Oq uyga qanday o‘zgartirishlar kiritdi? (foto)

    Dunyo | 8 avgust, 16:00

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    Shavkat Mirziyoyev ishga joylashishni hisob-kitob qilishdagi kamchiliklarni tanqid qildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 15:43

    “Falastin Pelesi” Sulaymon al-Ubayd G‘azo janubidagi hujumda halok bo‘ldi

    Sport | 8 avgust, 15:31
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.