Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zining Yamaha mototsikli bilan tushgan rasmlari orqali mashhurlikka erishgan yaponiyalik yosh baykerchi qiz Szungu ismli 50 yoshli erkak bo‘lib chiqdi, deb xabar beradi Meduza.
Erkak mashhur FaceApp dasturidagi filtrlardan foydalangan.
Obunachilar baykerning asl yuzini suratlarning biridagi aksdan ko‘rib qolgan va shunda yolg‘onni payqab qolgan. Yaponiyalik jurnalistlar bu voqeaga e’tibor qaratgan va Szunguni qidirib topgan. U barchasini tan olgan. Aniqlanishicha, yaponiyalik erkak “keksa amaki”ga hech kimning qaragisi kelmasligi sabab “go‘zal ayol” obrazini tanlagan.
Szungu faqatgina iloji boricha ko‘proq odamlar o‘zining mototsiklini tomosha qilishini istaganini tan olgan. Umuman olganda, obunachilarning barchasi ham fosh etilgan yolg‘ondan xafa bo‘lmagan. Ko‘pchilikning ta’kidlashicha, Szungudan “yoqimtoy qiz” paydo bo‘lgan, uning mototsikli esa chindan ham havas qilarli.
Izoh (0)