Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Amerikaga tashrif-2” filmi premyerasi Eddi Myorfini televideniye va YouTube’dagi ko‘rsatuvlarga qaytardi va aktyorning yana bir bor Gollivud yulduzi bo‘lishga munosib ekanini isbotladi. Aktyor hamkasbi Dryu Berrimorning mualliflik shousida kinodagi 8 yillik tanaffusi, bunday qarorga kelishiga nima sabab bo‘lgani haqida so‘zlab berdi.

Foto: Getty Images

Foto: Getty Images

“Aslida nima bo‘lgani haqida gapirib beraman. Men bir kechada yulduzga aylanib qolmadim: buning uchun uzoq va ko‘p mehnat qilishimga to‘g‘ri keldi. Vaqt o‘tgan sari rejissorlar menga bachkana rollar uchun ko‘proq pul taklif qila boshladi. Avvaliga bunga rozi bo‘ldim. Shunday loyihalarning bir nechtasida rol o‘ynaganimdan so‘ng, mayda muammolar bilan o‘ralashib qolganimni angladim.

Olingan pullar allaqachon havoga sovirilgan bo‘lsa-da, men ijro etgan bema’nilik hali ham televizorlarda aylanar edi. O‘sha paytda tanaffus qilish vaqti kelganini tushundim. Tinch va xotirjam o‘tgan sakkiz yillik tanaffus rivojlanishim va qayta tiklanishim uchun foydali bo‘ldi. Keyin esa o‘zimga va’da berdim: endi faqat meni qiziqtirgan loyihalardagina rol o‘ynayman. Buyog‘iga faqat shunday bo‘ladi”, — degan aktyor.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Madaniyat
Demet O‘zdemir yangi loyihada suratga tushadi, Ibrohim Chelikkol eski uyiga ko‘chib o‘tdi. Turk kinosi yangiliklari
Sport
Braziliya yetakchi, Fransiya — 2, Argentina 5-o‘rinda. The Guardian JCH—2022 favoritlari ro‘yxatini e’lon qildi
Sport
Krishtianu Ronaldu JCH—2022 vaqtida Portugaliya terma jamoasi bazasini tark etmoqchi bo‘lgan