Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Mashhurlarning biz yoqtirgan ijrolari hamisha ham ularning shaxsiy qarashlari va arsenalidagi sevimli rollari bilan mos kelavermaydi.

Mettyu Mak-Konaxi

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

“Janoblar” va “Haqiqiy izquvar” filmlaridagi rollari bilan yaxshi tanish bo‘lgan aktyor Richard Linkleyter tomonidan suratga olingan filmdagi Devid Vuderson rolini eng yaxshi deb hisoblaydi.

Arnold Shvarsenegger

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

“Terminator”dagi roli bilan mashhur bo‘lgan Arnold o‘zining “Bolalar bog‘chasi politsiyachisi” filmidagi izquvar Jon Kimbl ijrosi bilan faxrlanadi. 1988-yilda suratga olingan “Egizaklar” filmidagi ijro esa aktyor uchun eng yaxshi ko‘rgan ikkinchi qahramon sanaladi.

Jonni Depp

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Jonni haqida gap ketganda nima uchundir uni eng yaxshi ko‘rgan ijrosi Jek Chittak bo‘lsa kerak deb o‘ylaydi. Aktyorning o‘zi esa 2000-yilda suratga olingan “Tezkor shou”dagi ijrosini yoqtiradi. Britancha hazil-mutoyibani xush ko‘radigan Depp mazkur serialdagi ishtirokini o‘zining eng katta yutuqlaridan biri ekanligini aytadi.

Kianu Rivz

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

“Matritsa” va “Jon Uik”? Aslo yo‘q: “Konstantin: Zulmat hukmdori” (2005) filmidagi psixopat-qotil ijrosi Kianu uchun eng sevimli hisoblanadi.

Geri Oldmen

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

“Beshinchi element, “Leon” singari mashhur filmlarda rol ijro qilganiga qaramay, 1991-yilda suratga olingan “Jon F. Kennedi” filmi Geri uchun eng yaxshi roli hisoblanadi.

Viola Devis

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

“To‘siqlar” filmidagi roli uchun “Oskar” mukofotiga loyiq deb topilgan aktrisa ushbu mashhur ijrosidan ko‘ra “Qonun va tartib” filmidagi kichik roli bilan ko‘proq faxrlanadi.

Dru Berrimor

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

“Charli farishtalari” teleseriali yulduzi 1999-yilda Raja Nossel tomonidan suratga olingan filmdagi ijrosini yaxshi ko‘radi. Aktrisa ushbu filmda Josi Geller ismli o‘quvchi qiz rolini ijro qilgan.

Merelin Monro

Foto: Cosmopolitan

Foto: Cosmopolitan

Afsonaviy aktrisa “Jazda faqat qizlar” filmidagi ijrosidan ko‘ra “Asfaltlangan chakalakzor”dagi rolini yaxshi ko‘rgan. Ta’kidlanishicha, u hech qachon o‘zini kamera ro‘parasida bunchalik erkin his qilmagan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?