UEFA o‘z an’anasiga ko‘ra Chempionlar Ligasining navbatdagi haftasida eng yaxshi futbolchi nomiga da’vogarlarni e’lon qildi.
Bu nom uchun kurashda quyidagi futbolchilar nomzod sifatida ko‘rsatildi:
Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”) — “Borussiya M”ga qarshi o‘yinda 1 ta gol, 82 foiz paslar aniqligi;
Luka Modrich (“Real M”) — “Atalanta”ga qarshi o‘yinda golli uzatma, 94 foiz paslar aniqligi;
Ngolo Kante (“Chelsi”) — “Atletiko M”ga qarshi bahsda 88 foiz paslar aniqligi;
Yozua Kimmix (“Bavariya”) — “Latsio”ga qarshi bahsda 87 foiz paslar aniqligi.
G‘olib nomi 19-mart, juma kuni ovoz berish natijalari yakuniga ko‘ra aniqlanadi.
Nomzodlarga bu yerda ovoz berish mumkin — havola.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)