“Manchester Siti” Yevropa Chempionlar Ligasi 1/8 final javob bahsi doirasida kechgan “Borussiya M”ga qarshi 16-mart kungi o‘yinda (2:0) g‘alaba qozondi.
Bu “shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola uchun Chempionlar Ligasidagi 82-g‘alaba bo‘ldi. Gvardiola bu borada “Tottenhem” ustozi Joze Mourinyoni ortda qoldirib, to‘rtinchi o‘rinda bormoqda.
YChLda g‘alaba qozonish bo‘yicha kataloniyalik mutaxassisdan faqat Aleks Fergyuson (102), Karlo Anchelotti (89) va Arsen Venger (86) oldinda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)