• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12559.26
    • RUB160.17
    • EUR14413.01
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Xotinini o‘ldirib, ko‘mib qo‘ygani uchun qamalib chiqqan shaxs uylanish va’dasida turmagani uchun Bo‘stonliqda beton bo‘lagiga bog‘langan holda kanalga tashlab yuborildi

    Toshkent viloyatida 45 yoshli ayol unga uylanishni va’da qilib, gapida turmagan 38 yoshli erkakni o‘zining yaqin qarindoshlari yordamida beton bo‘lagiga bog‘lab, kanalga tashlab yuborgan. Bu haqda “O‘zbekiston” telekanalining “Bir jinoyat izidan” ko‘rsatuvida ma’lum qilindi.

    2020-yilning 29-mart kuni Bo‘stonliq tumani IIBga tumandagi “Dumaloq” mahallasidan oqib o‘tuvchi “Parkent” magistral kanalida osiyo millatiga mansub, yoshi taxminan 35—45 larda bo‘lgan, shaxsi noma’lum erkakning murdasi topilgani haqida xabar kelib tushgan.

    Murdani ko‘zdan kechirish vaqtida og‘zi skotchlangani, uni suvga cho‘ktirish maqsadida qo‘l va oyoqlari beton bo‘lagiga arqon bilan bog‘langani aniqlangan. Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    Chirish holatida bo‘lgan murdaning shaxsini aniqlash maqsadida uning barmoq izlari ustida butun boshli tadqiqot o‘tkazilgan. Tekshiruv yakunlariga ko‘ra marhum 1983-yil 17-avgust kuni Qoraqalpog‘istonning Amudaryo tumanida tug‘ilgan Odilbek Otajonov ekani ma’lum bo‘lgan.

    Kadr: YouTube / “Bir jinoyat izidan”

    Kadr: YouTube / “Bir jinoyat izidan”

    Odilbek Otajonov Jinoyat ishlari bo‘yicha Qoraqalpog‘iston Oliy sudining 2009-yil 14-oktabrdagi hukmiga ko‘ra Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” bandiga asosan 19 yilga ozodlikdan mahrum etilgan (u shar’iy nikohdagi xotinini o‘ldirib, uyiga ko‘mib qo‘ygan). 2014-yil iyul oyida jazodan ozod etilgan.

    Otajonov o‘limi arafasida fuqaro Surayyo Mirmahmudova bilan yaqin munosabatda bo‘lgani uchun ayol tergovga jalb qilingan. Tergov davomida Mirmahmudova uning uyida qurilish ustasi sifatida ishlagan Odilbek Otajonov bilan haqiqatan ham iliq munosabatda bo‘lgani, erkak dastlab unga uylanish istagini bildirgani, biroq keyin fikridan qaytib qolganini bildirgan.

    Jinoyat tafsilotlari

    Bir kuni Odilbek Otajonov mast holatda Surayyo Mirmahmudova bilan tortishib qolgan va “hamma gapni ochiq-oydin” aytgan. Tortishuv davomida: “Senga uylanmayman. Seni bitta ‘kurtka’ga bahs boylab yutib olganman”, degan. Ta’kidlanishicha, Odilbek Otajonov Surayyo Mirmahmudovani jinsiy munosabatlarga kirishishga undab, uning fahsh suratlarini telefoniga yozib olgani, bundan foydalanishi mumkinligini aytib, ayolni qo‘rqitib kelgan. Surayyo Mirmahmudova tahdidlardan qo‘rqib, holat haqida ukalari — Komil va Ibrohim Mirmahmudovlarga aytib bergan.

    Shundan so‘ng Surayyo Mirmahmudovaning ukalari — Komil va Ibrohim Mirmahmudovlar, amakivachchalari Abror Mirmahmudov, Ahmadjon To‘raboyev, Nodir Abdukarimov, qo‘shnisi Ahmadjon Rahimberdiyev, Saima Xudoybergenova — jami sakkiz kishi o‘zaro jinoiy reja tuzadi. Ular Odilbek Otajonovni “samosud” qilishga kelishib oladi. Ko‘rsatuvda Komil Mirmahmudov akasi Ibrohim Mirmahmudov, amakivachchalari Abror Mirmahmudov va Ahmadjon To‘raboyev bilan birgalikda Odilbek Otajonovni o‘ldirishga kelishib olgani haqida ham so‘z boradi.

    Odilbek Otajonov Saima Xudoybergenova bilan G‘azalkent shahridagi “Shabada” kafesida uchrashadi. Saima ularning o‘tirgan joyi haqida Ahmadjon Rahmonberdiyevga xabar qiladi. O‘z navbatida Ahmadjon Rahmonberdiyev bu haqda Surayyoning ukasi Komilga xabar qilib, ular bu joyga kelib Odilbekni o‘g‘irlab ketishlari mumkinligini aytgan.

    Oldindan o‘ylangan reja bo‘yicha Komil Mirmahmudov “Niva” mashinasida, akasi Ibrohim Mirmahmudov esa “Jiguli” da Bo‘stonliq tumani “Oqtosh” mahallasi bo‘yidagi kanalda uchrashgan. Komil Mirmahmudov bu joyga xolavachchasi Nodir Abdukarimovni ham taklif etgan. Undan ham jinoyatni sodir etishga ko‘maklashish — Odilbek Otajonovni o‘g‘irlab ketishga yordam berish so‘ralgan. Kelishuvga rozi bo‘lgan Nodir Abdukarimov birgalikda Otajanovni o‘g‘irlash uchun “Shabada” kafesiga borgan.

    Kafega kelgach, Komil Mirmahmudov, Ahmadjon Rahmonberdiyev, Ahmadjon To‘raboyev, Abror Mirmahmudov to‘g‘ri Odilbek Otajanov o‘tirgan xonaga kirib borgan, ularni ko‘rib Saima Xudoybergenova xonadan qochib chiqqan. Shundan so‘ng Ahmadjon Rahmonberdiyev hamda Komil Mirmahmudov Otajonovni: “Ushlanding-ku, topilar ekansan-ku”, deya turli nojo‘ya so‘zlar bilan haqorat qilib, Abror Mirmahmudovga Odilbekni tashqariga sudrab olib chiqishni buyurgan. Ular Otajanovni “Niva”ga o‘tirg‘izib, Surayyo Mirmahmudovaning uyiga olib borgan.

    Surayyo Mirmahmudova Odilbek Otajonovni, “u aytgan hamma gaplarni” eslatib, oyoq-qo‘llari, biqini va boshiga xoda bilan urgan. Surayyoni to‘xtatishga uringan ukalaridan biriga u: “Buni o‘ldirish kerak. Urib humorimdan chiqishim kerak. Buni suyagini etidan ajratmagunimcha tinchimayman, men buni o‘ldiraman”, deb qarshilik ko‘rsatgan. Odilbekni kaltaklab bo‘lgach, “uni nima qilishni o‘ylab ko‘rish uchun” uyning yerto‘lasiga olib kirib qo‘yishadi.

    Soat taxminan 22:00 da Komil, Ibrohim va Abror Mirmahmudovlar hamda Ahmadjon To‘raboyev Surayyo Mirmahmudovaning uyida to‘planadi. Ular hushsiz, kaltaklangan, bosh, qo‘l hamda oyoqlaridan tan jarohatlari olgan ojiz ahvolda yotgan Otajonovni yerto‘ladan olib chiqib, “Jiguli”ning yukxonasiga yuklaydi. Uni “Parkent” kanaliga tashlab yuborish uchun, Bo‘stonliq tumani “Dumaloq” mahallasi hududiga borishadi.

    “‘Jiguli’ning yukxonasiga ortilgan Odilbek Otajonovni Ibrohim Mirmahmudov amakivachchasi Abror bilan birgalikda olib tushib, unga avvaldan tayyorlab qo‘yilgan beton bo‘lagini qo‘l va oyoqlariga arqon yordamida bog‘lab, shu holatda ko‘tarib, uni suvga tashlab yuboradi”, — deydi Toshkent viloyati prokuraturasining katta tergovchisi Sanjar Safarov.

    Sud hukmi

    Tergov natijalariga ko‘ra Surayyo Mirmahmudova va yetti nafar shaxsga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “v”, “j”, “o”, “p” bandlari (aybdorga ayon bo‘lgan ojiz ahvoldagi shaxsni o‘ta shafqatsizlik bilan boshqa biror jinoyatni yashirish yoki uning sodir etilishini osonlashtirish maqsadida bir guruh shaxslar yoki uyushgan guruh a’zosi tomonidan yoxud o‘sha gur manfaatlarini ko‘zlagan holda qasddan odam o‘ldirish), 137-moddasi 3-qismi “b” bandi (og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan odam o‘g‘irlash), 138-moddasi 2-qismi “a”, “b” bandlari (jismoniy azob berib, hayot yoki sog‘liq uchun xavfli sharoitda saqlagan holda zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan ayblov e’lon qilingan. Jinoyat ishlari bo‘yicha Bo‘stonliq tuman sudi 2020-yil 20-oktabrida ushbu ish bo‘yicha hukm chiqargan.

    Komil Mirmahmudov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi (javobgarlikni og‘irlashtiradigan holatlarda qasddan odam o‘ldirish), 137-moddasi (odam o‘g‘irlash) 3-qismi, 138-moddasi (zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 2-qismi, 164-moddasi (bosqinchilik) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybdor deb topilib, kodeksning 59-moddasi tartibida 12 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

    Surayyo Mirmahmudova Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi, 137-moddasi 3-qismi, 138-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, kodeksning 57, 59, 61-moddalari tartibida 11 yilga ozodlikdan mahrum etilgan.

    Ibrohim Mirmahmudov Jinoyat kodeksi 97-moddasi 2-qismi, 137-moddasi 3-qismi, 138-moddasi 2-qismi, 164-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, kodeksning 59-moddasi tartibida 10 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan.

    Abror Mirmahmudov Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi, 137-moddasi 3-qismi, 138-moddasi 2-qismi va 164-moddasi 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, kodeksning 59-moddasi tartibida 8 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

    Sud Ahmadjon To‘raboyev, Ahmadjon Rahimberdiyev, Abdukarimov Nodir, Saima Xudoybergenevaga nisbatan ham ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlagan. Ko‘rsatuvda ularga nisbatan tayinlangan jazo tafsilotlari ma’lum qilinmagan.

    Mavzuga doir:

    • Toshkentda “Burdalangan murda ishi” bo‘yicha sud hukmi o‘qildi. Jinoyatchilardan biri — “Zulfiya” mukofoti sohibasi
    • Toshkent viloyatida 22 yoshli yigit 60 yoshli haydovchining Matiz’ini “zapchast”ga sotish uchun unga 42 marta pichoq urib o‘ldirdi

    17.03.2021, 21:05   Izoh (0)   133994
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    DSQ qanday holda “obnal firma”lar mansabdorlari ma’muriy va jinoiy javobgarlikka tortilmasligini ma’lum qildi

    17.03.2021, 20:46

    Nurmat Otabekov rasman tan olinmagan koronavirusli bitta o‘lim holati statistika uchun “jiddiy ob-havo yaratmasligi”ni aytdi

    17.03.2021, 20:25

    Shavkat Mirziyoyev mamlakatdagi diplomatik missiyasi yakunlangan Rossiya elchisini qabul qildi

    17.03.2021, 19:56

    “Singapurda kompaniya yaratishga to‘g‘ri kelgan”. Zafar Hoshimov “Korzinka.uz” qanday qilib 40 mln dollar jalb etgani to‘g‘risida

    17.03.2021, 19:47

    “Vaksinatsiya jarayonlariga undash uchun ataylab kasallik ko‘payishini bo‘rttirib ko‘rsatishyapti, degan mish-mishlarda mantiq yo‘q” – Nurmat Otabekov

    17.03.2021, 19:12

    Chimboyda maktab filiali binosini rekonstruksiya qilish uchun ajratilgan mablag‘dan 105 mln so‘m talon-toroj qilingani aniqlandi

    17.03.2021, 18:58
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    AKFA Group “AKFA Medline Social” nomli tibbiy startap qurilishini boshlanganini e’lon qildi 


    Paynet xizmatlari endi Kapitalbank bankomatlarida mavjud


    Uzbekistan Airways Seulga kunlik aviaqatnovlarni taklif qiladi


    “Moody’s Ratings” xalqaro reyting agentligi “O‘zbekinvest” kompaniyasi reytingi prognozini “Ba2”- “ijobiy” darajagacha ko‘tardi


    Buxoro, G‘ijduvon, zindon, misvok va madrasa – 100 savolga 1 javob


    “O‘zbekinvest” EISK AJ va Slovakiyaning EXIMBANKA SR o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risida bitim imzolandi


    TBC Bank va Bahodir Jalolov firibgarlarga qarshi jangga chiqdi 


    Hyundai Tucson: 24 oyga bo‘lib to‘lash imkoniyati — qulay, tez, foydali


    Moody’s “Biznesni rivojlantirish banki” reytinglarini “salbiy”dan “barqaror”ga o‘zgartirdi


    InfinBANK tomonidan XISMK liniyasi bo‘yicha taqdim etilayotgan islomiy moliyalashtirish – biznesni rivojlantirish uchun ishonchli yechim 


    Acıbadem shifoxonalar tarmog‘ida bolalarda saraton va qon kasalliklarida suyak iligi transplantatsiyasi


    Investitsiya nima va u insonlarga nima uchun kerak?


    Texnologiyaning yangi bosqichi — HUAWEI Mate XT va HUAWEI Mate 70 Pro bilan tanishing


    InfinBLACK bilan qadimiy shaharlar bo‘ylab sayohatlar


    InfinBank pul o‘tkazmalari geografiyasini kengaytirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Vashington Tehronga qarshi harbiy kampaniyadan Xitoy va Rossiyani jilovlashda foydalanmoqchimi? Mintaqamizni nimalar kutadi?

    19 iyun, 22:05

    Chelyabinskka qulagan meteorit — 540 kiloli osmon jismi qanday topilgan edi?

    19 iyun, 13:31

    Qariyb yarim asrlik mehnat yoxud Eron qanday qilib raketa derjavasiga aylandi?

    18 iyun, 20:05

    Raddiyaga raddiya: “Yuksalish” harakati va “O‘zsuvtaʼminot” AJ bir-birini yolg‘on maʼlumot tarqatishda ayblamoqda

    17 iyun, 00:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Jizzax va Buxoroda jami 2,7 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:27

    Luis Enrike “Botafogo”ga qarshi o‘yindan so‘ng nimalar dedi?

    Sport | 20 iyun, 19:21

    Rossiyada “Senimi, shoshmay tur!” multfilmi asosida to‘liq metrajli film suratga olinadi

    Kino | 20 iyun, 19:20

    Shavkat Mirziyoyev Ko‘kdala tumani maʼmuriy markazidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi (foto)

    O‘zbekiston | 20 iyun, 19:09

    Titanik bo‘laklari orasidan qora shishadan yasalgan marjon topildi

    Dunyo | 20 iyun, 19:00

    Misrda O‘zbekiston texnologiyalari asosida traktor ishlab chiqariladi

    O‘zbekiston | 20 iyun, 18:50

    Dunyoning eng badavlat modeli Kendall Jenner sarvqomat bo‘lish uchun qanday nonushta qiladi?

    Go‘zallik | 20 iyun, 18:45
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.