• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Sport

    “Turon” futbol klubi bosh murabbiyi Jizzaxdagi o‘yindan so‘ng “portladi”. U “o‘yin bermayotgan hakamlar”ga chora ko‘rishni talab qildi

    Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasi 2-turi doirasida Farg‘onaning “Turon” klubi Jizzaxda “So‘g‘diyona” mehmoni bo‘ldi.

    Kadr: “Championat.asia”

    Kadr: “Championat.asia”

    Uchrashuv bosh hakami Viktor Serazetdinov 52-daqiqada “Turon” darvozasi tomon penalti belgiladi. Hakam ushbu vaziyatda farg‘onaliklar himoyachisi G‘iyos Komilov to‘pni qo‘li bilan o‘ynadi deb topdi. Qayd etish joiz, ushbu vaziyatda to‘p qo‘lga emas, futbolchining yelka aralash boshga teggan va hakam holatga juda yaqin turgan edi. Penaltidan esa jizzaxliklar hujumchisi Shohruz Norxonov unumli foydalandi. Natijada “So‘g‘diyona” mazkur gol evaziga “Turon”ni mag‘lub etdi.

    O‘yindan so‘ng “Turon” bosh murabbiyi Islom Ismoilov OAVga flesh-intervyu berib, hakamlikni tanqid ostiga oldi.

    Avvalo “So‘g‘diyona” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘yinga keladigan bo‘lsak, “Turon”ning aybi Superligaga chiqqanimi? Yoki hakamlarga pul bilan chiqmayotganimi? Ikkita o‘yindan beri buni umuman tushunib bo‘lmayapti. Buni butun O‘zbekiston ko‘rdi: to‘p futbolchining boshiga tegganiga hakam penalti belgilayapti. O‘shalar kiyinish xonasiga kirib ko‘rsin, futbolchilar yig‘lab o‘tiribdi. Bularga qachon chora ko‘riladi? Qachongacha bu narsalarga chidash mumkin? Tozalaymiz deyishyapti, shumi tozalgani? Kelib ko‘mib ketyapti. Ikki turdan beri futbol yo‘q. Faqat hushtak, hushtak, hushtak! Qachongacha? Kim bularga [hakamlarga] chora ko‘radi. Buyog‘da 70-80 kishi oilasini boqaman deb ezilib ketyapti. Uchta odam [hakamlar] chiqib turib, kesib tashlayapti. Shumi O‘zbekistonda adolat? Biz halol o‘ynayapmiz, hakamlarga pul bilan chiqmayapmiz. Bir so‘m pul bilan chiqmasangiz, “kallangizni kesib tashlashyapti”. Kim chora ko‘radi?

    Meni futboldan butun umr olib tashlasa, olib tashlayversin. Lekin kimdir oxirigacha qarshi kurashishi kerak. Raqib futbolchilaring qo‘liga ikki bor to‘p tegdi. O‘yinning boshidan beri beshta sariq kartochka berildi. Undan ko‘ra o‘yindan oldin kelib chiqmaysanlar deyishsin, biz chiqmaymiz. Mayli men yosh murabbiyman, ko‘cha to‘la ish. Men yana bir ish topib olaman. Ammo jamoa nima qiladi? Jamoa g‘alaba qozonsa, mukofot puli olaman, bola chaqamni boqaman deb kutib yashamoqda. Hamma og‘zida gapiradi, amalda esa hech narsa yo‘q.

    Hakam o‘ynash berdimi? Har bitta vaziyat, bitta hushtak, yana hushtak. Bunday holatda qanaqa futbol bo‘lishi mumkin? Hakam o‘ynashga imkon bermasa, qanaqa futbol haqida gapirish mumkin?

    “Turon” klubi bosh murabbiyi, Islom Ismoilov

    Eslatib o‘tamiz, 2021-yil 19-yanvarida o‘zbekistonlik FIFA va OFK hakami Sherzod Qosimov kelishilgan o‘yinlardagi ishtiroki sabab 3 yilga futboldan chetlatilgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, O‘FA Etika qo‘mitasi 2020-yilning noyabr oyida FIFA, OFK hakami Jasur Muxtorovni 5 yilga, O‘FA hakami Temur To‘xtasinovni bir yilga va O‘FA hakami Asker Najafaliyevni esa 2020-yilgi mavsum oxirigacha futbolga oid faoliyatdan chetlatgandi.

    14.03.2021, 20:59   Izoh (0)   122441
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Superliga. “Nasaf” so‘nggi daqiqalarda g‘alabani qo‘ldan chiqardi, “So‘g‘diyona” bahsli penaltidan urilgan gol evaziga “Turon”ni yengdi

    14.03.2021, 20:43

    Superliga. “Navbahor” VAR orqali 3 ta penalti belgilangan o‘yinda “Lokomotiv”ni mag‘lub etdi

    14.03.2021, 18:28

    RPL. Oston O‘runov zaxiradan tushgan o‘yinda “Ufa” yirik hisobda mag‘lub bo‘ldi

    14.03.2021, 18:03

    O‘zbekistonlik yengilmas bokschi Qudratillo Abduqahhorov prof ringdagi 18-jangida ham g‘alaba qozondi

    14.03.2021, 16:42

    Serxio Ramos La Ligada Kasilyasning rekordini takrorladi. Faqat bir futbolchi ulardan oldinda

    14.03.2021, 14:47

    Hasanboy Do‘stmatovga professional boksdagi uchinchi jangida kim raqib bo‘lishi ma’lum qilindi

    14.03.2021, 13:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tesla kompaniyasi avtopilot tizimi bilan bog‘liq o‘lim bo‘yicha sudlanadi

    Dunyo | 15 iyul, 03:39

    Xitoy okeanlarni o‘rganish uchun o‘zining birinchi “aqlli” kemasini yaratdi

    Dunyo | 14 iyul, 23:55

    “Putin ko‘pchilikni aldagan, lekin meni aldolmaydi” — Tramp

    Dunyo | 14 iyul, 23:40

    “Daryo” videoreportaji: Namanganda 50 kun davom etgan gullar festivali yakuniga yetdi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 23:27

    Yer evaziga 600 ming dollar: O‘zbekistonda hokim o‘rinbosari va qator mansabdorlar pora bilan ushlandi

    O‘zbekiston | 14 iyul, 22:40

    Obama Trampning tarif urushlarini tanqid qildi

    Dunyo | 14 iyul, 22:30

    “Ukrainani qurollantirish uchun AQSH Xitoydan qarz olishga majbur” — amerikalik senator

    Dunyo | 14 iyul, 22:10

    Yevroittifoq Isroilni jazolashning 10 ta usulini taklif etdi

    Dunyo | 14 iyul, 21:50

    Hayot mohiyatini ochib beruvchi 10 falsafiy multfilm

    Kino | 14 iyul, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.