Xitoy Afg‘onistonga COVID-19’ga qarshi 400 ming doza vaksina beradi. Afg‘oniston sog‘liqni saqlash vaziri vazifasini vaqtincha bajaruvchi Vohid Majro va Xitoyning Kobuldagi elchisi Van Yu o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bu masala bo‘yicha kelishib olindi. Bu haqda “Afghanistan.ru” xabar berdi.
Diplomatning ta’kidlashicha, Xitoy vaksinasi barcha xalqaro standartlarga javob beradi va 30 dan ortiq mamlakatda favqulodda qabul qilish uchun ma’qullangan.
Ma’lumot uchun, Afg‘oniston avvalroq Hindistondan 500 ming doza vaksina qabul qilib olgan edi. Mamlakatda o‘tgan haftadan boshlab aholini koronavirusga qarshi emlash boshlangan. Afg‘oniston Sog‘liqni saqlash vazirligi xabariga ko‘ra, vaksinani birinchi bo‘lib xavfsizlik xizmati va tibbiyot xodimlari oladi. Ikkinchi bosqichda surunkali kasalliklardan aziyat chekayotgan mahalliy aholi vaksinatsiya qilinadi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bugungi kunda Afg‘oniston hududida koronavirus bilan kasallanganlarning umumiy soni 56 mingga yaiqinlashgan, 50 mingga yaqin bemor sog‘aygan, 2400 dan ziyod kishi koronavirus asoratlari oqibatida vafot etgan.
Izoh (0)