14-fevral kuni “Nihol” mukofoti sovrindori, yosh xonanda Yulduz Nizomova turmushga chiqqani haqida xabar berilgan edi. Uning nikohni qayd etish marosimi Humo Arena muz saroyida o‘tkazilgan edi.
Xonandaning to‘yi 1-mart kuni poytaxtdagi restoranlardan birida bo‘lib o‘tdi. Oqshomga o‘zbek shou-biznesining ko‘plab vakillari tashrif buyurdi. Xususan, O‘zbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova, Dilso‘z, Malika Ravshanova, Shirin va boshqa xonandalar o‘z qo‘shiqlari bilan kelin-kuyovni tabrikladi.
Izoh (0)