Xorazm viloyatining Turkmaniston bilan chegaradosh Tuproqqal’a tumani Sarimoy qishlog‘ida davlat xizmatlari ko‘rsatilib, sayyor qabul o‘tkazildi, deb yozmoqda “Xalq so‘zi online”.
Unda aholidan kelib tushgan murojaatlar, fikr-mulohazalar o‘rganilib, masalalarga yechim topish uchun amaliy ko‘mak ko‘rsatilgan. Xususan, fuqarolar ushbu hududda qurilayotgan mahalla fuqarolar yig‘ini binosida DXM filialini tashkil qilish yuzasidan taklif bergan.
Shulardan kelib chiqib, odamlarning og‘irini yengil, uzog‘ini yaqin qilish maqsadida, mahalla binosining qurilish ishlari yakuniga yetkazilishini kutib turmasdan, mazkur hududda joylashgan o‘tovda vaqtinchalik filial tashkil qilindi.
Xabarda ta’kidlanishicha, tarix va zamonaviylikni o‘zida uyg‘unlashtirgan o‘tovga simsiz internet tarmog‘i mavjud bo‘lib, bugungi kunda bu yerda davlat xizmatlarini ko‘rsatish uchun hech qanday to‘siq yo‘q.
Izoh (0)