Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Avstriyada 41 nafar odam Pfizer va BioNTech vaksinasi bilan emlanganidan keyin vafot etdi. Bu haqda mamlakat sog‘liqni saqlash sohasida xavfsizlik bo‘yicha federal idorasi ma’lumotiga tayanib “RIA Novosti” xabar qildi.

Foto: AP Photo

Foto: AP Photo

Shunga qaramay, shifokorlar bemorlarning o‘limiga vaksinatsiyaning aloqadorlik jihatini aniqlamagan.

Hisobotda qayd etilishicha, uch nafar bemor tanasi yorib ko‘rilganidan keyin o‘limga emlashning aloqadorligi haqidagi taxmin o‘zini oqlamagan. Yana 11 nafar bemor koronavirusning inkubatsion davri vaqtida vaksinatsiya qilingani tufayli infeksiya asoratlari oqibatida vafot etgan. Qolgan 19 nafar bemorda boshqa kasalliklar mavjud bo‘lgan va shu sababli ham o‘lim holati kuzatilgan. Yana sakkiz nafar kishining o‘limi sabablariga aniqlik kiritilmoqda.

Yevropa vakolatli organi 2020-yil 21-dekabrda Ittifoq bozoriga Pfizer va BioNTech vaksinasini kiritish yuzasidan qaror chiqargan. Yevrokomissiya shu kunning o‘zida vaksinadan foydalanishni ma’qullagan, bir necha kundan keyin esa preparatni Yevropa Ittifoqi mamlakatlariga yetkazib berish ishlari boshlab yuborilgandi.

Avstriyada aholini koronavirusga qarshi emlash ishlari 2020-yil 27-dekabrda boshlangan.

Avval Shveysariyada 16 kishi koronavirusga qarshi emlangandan so‘ng vafot etgani, shuningdek, Gretsiyada COVID-19’ga qarshi emlanganlarda jiddiy asoratlar kuzatilgani va 85 yoshli erkak COVID-19’ga qarshi emlanganidan keyin vafot etgani haqida xabarlar berilgan.

Norvegiyada ham AQShning Pfizer kompaniyasi va uning Germaniyadagi sherigi BioNTech tomonidan ishlab chiqilgan koronavirusga qarshi vaksina bilan emlangan ikki kishi vafot etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Turkiya Finlyandiya va Shvetsiyaning NATOga kirish haqidagi arizalarni alohida-alohida ko‘rib chiqishi mumkin
Mahalliy
O‘zbekistonda dollar kursi pastladi 
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi