Pokistonda huquqni muhofaza qilish organlari qonunbuzarlarni ta’qib qilishning g‘ayrioddiy usulini, ya’ni g‘ildirakli konki boshqarishni o‘zlashtirmoqda. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, 20 million aholiga ega Karachi shahrida politsiyaning 20 kishilik maxsus tarkibi qonunbuzarlarni oson ta’qib qilish uchun g‘ildirakli konki mashqlarida qatnashmoqda. Politsiyachilar zinapoyadan sakrashni, harakat vaqtida o‘qotar quroldan foydalanishni va tez haydashni mashq qilyapti.
Huquq-tartibot idoralari vakillarining aytishicha, shahardagi o‘g‘rilar ko‘pincha o‘tkinchilarning hamyon yoki telefonlarini o‘g‘irlab, tor ko‘chalarda yashirinishga harakat qiladi. Shuning uchun g‘ildirakli konkilar o‘g‘rilarni oson va xavfsiz ta’qib qilishga yordam beradi.
Shahar ko‘chalarida birinchi g‘ildirakli konki patrullari keyingi oydan ish boshlaydi.
Izoh (0)