Ilhom Mahkamov Uzbekistan Airways kompaniyasi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda “Daryo”ning hukumatdagi manbasi xabar qildi.

Foto: “Daryo”

Shuningdek, Ilhom Mahkamov deputatlar tomonidan 22-fevral kuni transport vaziri lavozimiga ma’qullangan edi.

Ma’lumot uchun, 2020-yilning oktabrida Ilhom Mahkamovga O‘zbekiston transport vaziri vazifasini bajarish yuklatilgandi. Unga qadar transport vazirining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.

Avvalroq Uzbekistan Airports kompaniyasiga ham yangi rahbar tayinlangani haqida xabar berilgandi.