Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Davlat soliq qo‘mitasi (DSQ) O‘zbekistonda “naqdlashtiruvchi korxonalar” bilan kurashishni boshlagani haqida xabar berilgan edi.

Foto: DSQ matbuot xizmati

Foto: DSQ matbuot xizmati

Xatarlarni tahlil qilish natijasida aniqlangan 396 ta korxonadan iborat shubhali kontragentlar reyestri tuzilgan, shuningdek, soliqlarni kamroq to‘lash maqsadida pul mablag‘larini naqdlashtirish bilan shug‘ullanuvchi “naqdlashtiruvchi korxonalar” xizmatlaridan foydalangan 10 mingga yaqin tashkilot ro‘yxati shakllantirildi.

Davlat budjetga to‘lanmagan qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi o‘rnini qoplash maqsadida ushbu 396 ta “shubhali” korxona va ularning deyarli 10 mingga yaqin biznes hamkorining shaxsiy kabinetlariga inkasso topshiriqnomalari qo‘yilishi bo‘yicha xabarnomalar yuborilgan.

Kuni kecha qo‘mita soliq to‘lovchilar uchun 18-fevraldan boshlab qo‘mitada ham, barcha soliq idoralarida ham faoliyat ko‘rsatuvchi ishchi guruhlarini tuzdi. “Naqdlashtiruvchi korxonalar” bilan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirgan tadbirkorlar kameral tekshiruv o‘tkazish bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin.

DSQ matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, “naqdlashtiruvchi korxonalar” bilan 7990 ta korxona va tadbirkorlar soxta operatsiyalarni amalga oshirgani aniqlandi.

Ushbu noqonuniy operatsiyalar:

  • qurilish sohasida — 35 foiz (201,9 milliard so‘m);
  • savdo sohasida — 25 foiz (467,8 milliard so‘m);
  • ishlab chiqarish sohasida — 18 foiz (96,7 milliard so‘m);
  • xizmat ko‘rsatish sohasida — 14 foiz (69,5 milliard so‘m);
  • boshqa yo‘nalishlarda — 8 foiz (83,5 milliard so‘m)ni tashkil etdi.
21-fevral holatiga ko‘ra, respublika bo‘yicha jami 2534 ta korxonada 534,6 milliard so‘mlik asossiz hisob (zachyot)ga olingan qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) summalariga aniqlik kiritish bo‘yicha kameral soliq tekshiruvlari yakunlandi.

Natijada soxta operatsiyalar faktlari (498,9 milliard so‘m) tasdiqlandi:

  • qurilishda — 943 ta tadbirkorlik subyekti (93,5 milliard so‘m);
  • savdoda — 658 ta tadbirkorlik subyekti (271,8 milliard so‘m);
  • xizmat ko‘rsatishda — 293 ta tadbirkorlik subyekti (30,6 milliard so‘m);
  • ishlab chiqarishda — 344 ta tadbirkorlik subyekti (42 milliard so‘m);
  • boshqa yo‘nalishlarda — 154 ta tadbirkorlik subyekti (60,8 milliard so‘m).
QQS summasini noqonuniy hisob (zachyot)ga olish fakti ayrim hollarda qisman tasdiqlandi (8,1 milliard so‘m):
  • qurilishda — 22 ta tadbirkorlik subyekti (3,2 milliard so‘m);
  • savdoda — 23 ta tadbirkorlik subyekti (4,1 milliard so‘m);
  • xizmat ko‘rsatishda — 8 ta tadbirkorlik subyekti (507 million so‘m);
  • ishlab chiqarishda — 3 ta tadbirkorlik subyekti (254,6 million so‘m);
  • boshqa yo‘nalishlarda — 1 ta tadbirkorlik subyekti (3,3 million so‘m).
QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachyot)ga olinganligi bo‘yicha 27,6 milliard so‘mlik asoslantiruvchi hujjatlar taqdim etildi. Bunga asosan ortiqcha mablag‘larni qaytarish yuzasidan tezkor jarayonlar boshlandi:
  • qurilishda — 27 ta tadbirkorlik subyekti (3,5 milliard so‘m);
  • savdoda — 31 ta tadbirkorlik subyekti (11,8 milliard so‘m);
  • xizmat ko‘rsatishda —11 ta tadbirkorlik subyekti (1,1 milliard so‘m);
  • ishlab chiqarishda — 11 ta tadbirkorlik subyekti (9,7 milliard so‘m);
  • boshqa yo‘nalishlarda — 5 ta tadbirkorlik subyekti (1,5 milliard so‘m).
Kameral soliq tekshiruvlari jarayonida 118 ta korxona tomonidan QQS summasini to‘g‘ri hisob (zachyot)ga olish bilan bog‘liq boshqa huquqbuzarliklar ham aniqlanib, ularga nisbatan 5,3 milliard so‘mlik soliqlar qo‘shimcha hisoblandi:
  • qurilishda — 37 ta tadbirkorlik subyekti (2,7 milliard so‘m);
  • savdoda — 57 ta tadbirkorlik subyekti (2,1 milliard so‘m);
  • xizmat ko‘rsatishda — 11 ta tadbirkorlik subyekti (317,4 million so‘m);
  • ishlab chiqarishda — 12 ta tadbirkorlik subyekti (42,8 million so‘m);
  • boshqa yo‘nalishlarda — 1 ta tadbirkorlik subyekti.
Murojaatlarni ko‘rib chiqish davom etmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Onlayn firibgarlik: fishing nima va undan qanday himoyalanish kerak?
Dunyo
Harbiy xizmatdan bosh tortganlik uchun 10 yilgacha qamoq: Putin safarbarlik yuzasidan qonun imzoladi
Dunyo
Borrel: Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilish kerak