Farg‘ona viloyatida navbatdagi masjid ro‘yxatdan o‘tkazildi. Shu munosabat bilan O‘zbekistondagi masjidlar soni 2084 taga yetdi, deya xabar bermoqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita.

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan “O‘qchi” masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilib, uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirildi.

Ta’kidlanishicha, Farg‘ona viloyatidagi masjidlar soni 200 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi masjidlar soni 2020-yil 3-oktabr kuni 2076 taga, 16-oktabr kuni 2077 taga, 11-noyabrda 2078 taga hamda 12-dekabrda 2079 taga, 20-fevralda 2083 taga yetgan edi.