Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Buxoro viloyatining Buxoro tumani “Yangiobod” MFYda “Usmon ibn Affon” jome masjidi ochildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Ma’lum qilinishicha, Buxoro viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan “Usmon ibn Affon” jome masjidi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tomonidan xabar berilishicha, O‘zbekiston bo‘yicha masjidlar soni 2076 taga, Buxoro viloyatidagi masjidlar soni esa 106 taga yetdi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Hozirgi kunda Buxoro viloyatida faoliyat yuritayotgan nodavlat-notijorat tashkilotlarining soni 597 tani tashkil qiladi. Diniy tashkilotlar soni esa 116 tani tashkil etadi. Shundan 106 tasi masjidlar bo‘lib, 10 tasi noislomiy yo‘nalishdagi diniy tashkilotlar hisoblanadi.

Avvalroq Samarqand shahar “Mash’al” MFYda “Yangiobod” jome masjidi ochilgani va O‘zbekistonda masjidlar soni 2075 taga yetgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Tramp AQSH konstitutsiyasini bekor qilishga chaqirdi
Maslahatlar
Saratonga qarshi va immunitet uchun foydali: “Xolodes” tayyorlash uchun 5 ta sabab
Dunyo
Dollarning qadrsizlanishi oqibatida oltin narxi oshib bormoqda