Daryo

O‘zbekistondagi masjidlar soni 2083 taga yetdi

Qoraqalpog‘istonda “Qaraqum Iyshan” masjidi ro‘yxatdan o‘tkazildi

1 daqiqa o‘qish45 524 ko‘rishlar0 izoh0
Foto: “Daryo” / Madina Nurman

O‘zbekistondagi masjidlar soni yana bittaga ko‘payib, 2083 taga yetdi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: “Daryo” / Madina Nurman

Qayd etilishicha, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan “Qaraqum Iyshan” masjidi ro‘yxatdan o‘tkazilib, uning ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risidagi guvohnoma diniy tashkilotga topshirilgan.

Ma’lumot uchun, Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi masjidlar soni 54 taga yetdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistondagi masjidlar soni 2020-yil 3-oktabr kuni 2076 taga, 16-oktabr kuni 2077 taga, 11-noyabrda 2078 taga hamda 12-dekabrda 2079 taga yetgan edi.

Mavzuga doir: O‘zbekistonda mustaqillikning dastlabki yillarida yopilib ketgan minglab masjidlar taqdiri nima bo‘ladi? Diniy qo‘mita vakili javob berdi

Telegram kanal@daryoObuna bo‘lish

Siz qanday fikrdasiz?

Avval fikringizni yozing. Yuborishda hisobingizni tasdiqlaysiz.

O‘xshash yangiliklar