Aleksey Navalniyning rafiqasi Yuliya 22-fevral kuni Germaniyadan Moskvaga qaytib keldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.

Tegishli videoda Navalnaya qanday qilib aeroport binosi orqali avtoturargohga borgani, uning eri va Germaniyaga safaridan maqsadi nima ekani haqidagi savollarga e’tibor bermaganligi tasvirlangan.

Bir necha hafta oldin Navalnaya Rossiyadan uchib ketgandi. Spiegel nashri o‘z ma’lumotlariga asoslanib, u 10-fevral kuni Frankfurt-Mayn aeroportiga Moskvadan parvoz bilan kelganini xabar qildi. Nashrning yozishicha, tashrif xususiy xarakterga ega bo‘lgan. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Aleksey Navalniyning advokati ham avvalroq Yuliyaning Germaniyaga safari to‘g‘risida jurnalistlar bergan savollarini e’tiborsiz qoldirgan edi.

Bundan avval sud Navalniy “Iv Roshe” ishi bo‘yicha 2,5 yilni koloniyada o‘tkazishi bo‘yicha hukm qilgandi.