• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +20°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    O‘zbekistondagi etnik ozchiliklar tarixidan. Boltiqbo‘yi xalqlari O‘zbekistonga qanday kelib qolgan?

    Amerikaning nufuzli jurnallaridan birida O‘zbekistondagi boltiqbo‘yi xalqlarining hayoti haqida maqola nashr qilindi. Maqolada Litva, Latviya va Estoniya xalqlarining 1867–1917-yillardagi hayoti, Turkiston general-gubernatorligi hududida tarqalishi, diniy e’tiqodi, kasbi va turmush darajasi yoritilgan.

    Foto: Google Photos

    Amerikaning The American Journal of Interdisciplinary Innovations and Research ilmiy jurnalida latviyalik va o‘zbekistonlik tadqiqotchilarning boltiqbo‘yi xalqlarining 1867–1917-yillarda Turkiston general-gubernatorligi hududidagi turmush tarzi haqidagi maqolasi nashr qilindi. Maqola mualliflari Daiga Straupenies hamda Sherzodjon Choriyev boltiqbo‘yi xalqlarining Rossiya orqali Turkistonga ko‘chib kirishini 4 bosqichda o‘rgangan. Unga ko‘ra, Markaziy Osiyoda ilk paydo bo‘lgan boltiqbo‘yiliklar Rossiya qo‘shini tarkibida bosqinchi sifatida kirib kelgan hamda 1860-yillarning o‘rtalarida Buxoro va Xorazmdagi rus manzilgohlarida qo‘nim topgan. Keyinchalik malakali hunarmandlar, qochqinlar va inqilobchilar ham kirib kelgan. “Этнический атлас Узбекистана” to‘plamida esa latviyaliklarning Markaziy Osiyoga so‘nggi oqimi 1966-yilgi zilziladan keyin Toshkentni tiklash uchun kelgan ko‘ngillilar guruhi ekani aytilgan.

    Markaziy Osiyodagi boltiqbo‘yi xalqlari o‘rnashgan hududlar

    Ma’lum bo‘lishicha, latviyaliklar asosan hozirgi Qozog‘istonning Turkiston shahriga, litvaliklar Toshkent, Samarqand va Farg‘ona vodiysiga, estoniyaliklar esa Toshkent atrofi, Andijon shahri va Qirg‘izistonning Kyogart vodiysining quyi qismiga kelib joylashgan.

    Kimlar kelgan?

    Turkistonda ozchilikni tashkil qilgan latviyaliklar mohir hunarmand, davlat xizmatchisi, o‘qituvchi, shifokor va uy xizmatchisi bo‘lgan hamda mayda burjuaziya qatlamini tashkil qilgan. Estoniyadan esa asosan dehqonlar kelib, qishloq xo‘jaligi va chorvachilik bilan shug‘ullangan. Aynan eston dehqonlari boshqa slavyan migrant dehqonlarga taqqoslaganda juda farovon yashab, mahalliy xalqning va Rossiyaning arzon ishchi kuchidan foydalangan. Keyinchalik esa boltiqbo‘yi xalqlari Turkistonda harbiy, tibbiy-sanitariya, ma’muriy, yuridik, ta’lim va adabiyot sohalarida faoliyat ko‘rsatgan.

    Toshkentni qayta qurish

    1966-yil Toshkentdagi zilziladan so‘ng shaharni qayta qurish ishlariga ko‘ngilli sifatida Litvadan kelgan quruvchilar 300 xonadondan iborat 4 ta ko‘p qavatli uyni qurgan. Latviyaliklar esa 9 ming kv.m. maydonga ega turar-joy binolarini Toshkent ahliga qurib, tuhfa etgan. Bu davrda Estoniya O‘zbekistonga 200 nafar quruvchini yuborgan va ular 16 oy ichida 50 ta xonadonli uylardan ikkitasini topshirgan. Lekin qurilish tugagach, ko‘p ko‘ngillilar yana o‘z yurtiga qaytib ketgan.

    Til

    Mazkur xalqlar o‘zaro muloqotda o‘z ona tilidan, qolgan holatlarda esa rus tilidan foydalangan. Ammo jurnalist V.Tyurikovning yozishicha, latviyaliklar mahalliy xalq tilini ham o‘zlashtirgan, xususan, qoraqalpoq tilida erkin so‘zlasha olgan.

    Din

    Din haqida so‘z yuritganda Iustin Pranaytisni (1861-1917) tilga olmaslikning iloji yo‘q. Markaziy Osiyodagi katoliklar kuratori etib tayinlangan litvalik ruhoniy Toshkentda ibodatxona va Rim-katolik cherkovi, Samarqandda esa ibodatxona qurdirgan. 1915-yil dekabrda u Litvadan kelgan qochoqlar uchun boshpana tayyorlagan va 60 dan ortiq kishini ish bilan ta’minlagan. Darvoqe, Iustin Pranaytis o‘z davrida yahudiylarga nafrati bilan tanilgan va Beylis ishida bevosita diniy ekspert sifatida qatnashgani bilan mashhur.

    Mavzuga doir: Rossiyada yahudiylarga nafratni fosh etgan Beylis ishi. Uning O‘zbekistonga qanday aloqasi bor?

    Toshkentdagi Rim-katolik cherkovi.

    Toshkentdagi Rim-katolik cherkovi.
    Foto: Google Photos

    Turkistondagi qolgan boltiq xalqlariga keladigan bo‘lsak, ular asosan provaslav, rim katolik, lyuteran reformachilar bo‘lgan, 6 kishi esa (4 nafar erkak va 2 nafar ayol) islom dinini qabul qilgan. Provaslav, katolik va lyuteranlar orasida diniy savodxonlik yuqori darajada bo‘lgan. Tadqiqotchi L.I. Jukovaning keltirishicha, 1905-yil Injil cherkovida 100 nafar eston ro‘yxatdan o‘tgan, ayrim estonlar pravoslavga e’tiqod qilgan.

    Oila

    Oila munosabatlariga keladigan bo‘lsak, bo‘ydoq erkaklar va ayollar soni turmush qurganlar sonidan yuqori bo‘lganini ko‘rish mumkin. Ajrashganlar esa umuman yo‘q. Bu boltiq xalqlarining oila an’analariga juda ham sodiq bo‘lganini ko‘rsatadi.

    Atoqli shaxslar

    Boltiqbo‘yi xalqlari orasida O‘zbekistonda yashagan payti e’tirofga loyiq xizmat ko‘rsatgan shaxslar ham bo‘lgan. Latviyaliklardan bunga haykaltarosh Yan Reynovich Strazdin, ilm-fan sohasida esa botanik va biolog olim Robert Ivanovich Obolin, Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Skudre Lidiya Rixadrovna, Toshkent shahar militsiyasi boshlig‘i F.Y.Sirul, litvaliklardan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari – Sovet ittifoqi Qahramonlari Vilenskiy Volfas Leybovich, Poznyak Viktor Genrixovich, Mats Gregoriy Zelmanovich, yadro fizikasi sohasi bo‘yicha professor B. Vitoltas, tibbiyot fanlari doktori G.F. Mankus, arxitektorlardan A. Jmuyd va G. Jmuyd, haykaltaroshlar Ya. Kuchis va Yu. Lipos, grafik va plakatchi-rassom A. Chitkauskas, vitrajchi I. Lipen, Litva madaniyat markazi asoschisi I. Dervinis misol bo‘la oladi.

    Ekspert fikri

    Markaziy Osiyoda Boltiqbo‘yi xalqlari nihoyatda ozchilikni tashkil etgani sabab, ularning turmush tarzi deyarli o‘rganilmagan. Shu sabab ayni diaspora bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar jamoasi mavjud emas. Milliy arxeologiya markazi fanlararo tadqiqotlar bo‘limi kichik ilmiy xodimi Eldar Asanov bergan ma’lumotga ko‘ra, Boltiqbo‘yidan Markaziy Osiyoga dastlab Rossiya armiyasi tarkibidagi askarlar kelgan. Shuningdek, amaldorlarni pastroq amalga tushirish yoki jazolash kerak bo‘lsa ular Toshkentga xizmatga yuborilgan. Katolik ruhoniy Iustin Pranaytes ham pravoslav dindorlar qo‘li bilan Toshkentga surgun qilingan. Bundan tashqari yana bir guruh qochoqlar, surgun qilinganlar ham bo‘lgan. Birinchi jahon urushida ham Litva, Latviya, Estoniyadan evakuatsiya qilinganlar oradan vaqt o‘tib, o‘z yurtiga qayta ko‘chirilgan. Hozirda O‘zbekistonda yashaydigan boltiqbo‘yi xalqlari alohida identligi bilan yaqqol ajralib turmaydi va kishilar ularni bir ko‘rganda rus millatiga mansub deb hisoblashi mumkin. Hatto pasportda ham ko‘pchiligining millati rus deb qayd qilingan. Eldar Asanov, shuningdek, Markaziy Osiyo tarixida latviyalik sovet siyosatchisi Yan Rudzutak alohida o‘rin tutganini ta’kidlab o‘tdi. Ma’lum bo‘lishicha, u uzoq yillar RKP (b) Turkbyuro raisi, RKP (b) O‘rta Osiyo byurosi raisi bo‘lib ishlagan va milliy chegaralash dasturi loyihachilaridan biri bo‘lgan.

    G‘ulomova Ziyodaxon tayyorladi

    20.02.2021, 18:12   Izoh (0)   45477
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Myanmada barcha tillardagi Wikipedia bloklandi

    20.02.2021, 17:28

    Irlandiyada karantin qoidalarini buzgan sayyohlar qamoqqa olinadi

    20.02.2021, 14:15

    AQSh janubidagi qahraton sovuqning oqibati suratlarda

    20.02.2021, 12:58

    Shahzoda Garri harbiy unvonlaridan mahrum qilinadi. U va uning rafiqasi Megan Markl Britaniya qirollik oilasiga qaytmasligini ma’lum qildi

    20.02.2021, 09:29

    Kongoda bubonli vabo kasalligi tarqalishni boshladi

    20.02.2021, 09:09

    AQSh razvedkasi Saudiya Arabistoni jurnalisti Jamol Qoshiqchining o‘ldirilishi to‘g‘risidagi hisobotni e’lon qiladi

    20.02.2021, 08:29
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sistit — bu uyat emas!


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    InfinBANK Visa Direct orqali xalqaro pul o‘tkazmalariga qo‘yilgan limitlarni oshirdi 


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    “Akkermann sement” xalqaro forumi: qurilish materiallari sohasidagi muammolar keng tahlil qilindi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan

     

    Tavsiya etamiz

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00

    Ayol ovchilardan ilg‘or samolyotlarga qadar — Ukraina rus Shahed’larini qanday ovlaydi?

    19 may, 20:10
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi yakunlandi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:58

    “Real” klublar o‘rtasidagi JCH g‘olib bo‘lsa, futbolchilar 1 mln yevrodan bonus oladi

    Sport | 30 may, 21:58

    Turkiyada kurortdagi yong‘in ishi bo‘yicha ayblanuvchilar 22 yildan 1998 yilgacha qamalishi mumkin

    Dunyo | 30 may, 21:55

    Xorijda vafot etgan o‘zbekistonliklar jasadini olib kelish uchun soxta pul yig‘ish aksiyalari o‘tkazilmoqda

    O‘zbekiston | 30 may, 21:40

    Erdo‘g‘on islom davlatlarini iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga chaqirdi

    Dunyo | 30 may, 21:30

    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda

    Reklama | 30 may, 20:00

    Qirg‘izistonda erkak “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbiri sabab xotinini otib o‘ldirdi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:20

    Mask Tramp saylov kampaniyasi davomida giyohvand moddalar iste’mol qilgan - NYT

    Dunyo | 30 may, 21:10

    O‘zbekistonda Qurbon hayiti 6-iyunda nishonlanadi

    O‘zbekiston | 30 may, 21:06
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.