Farg‘onada Matiz avtomashinasi terak daraxtiga urilishi oqibatida 1 yoshli qiz vafot etdi, deya xabar bermoqda IIV.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Ma’lum qilinishicha, 17-fevral, chorshanba kuni fuqaro M.D. Matiz rusumli avtomashinasini Avval—Vodil yo‘lining 15-kilometrida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi terak daraxtiga urilgan.

Oqibatda avtomashinada bo‘lgan haydovchining 1 yoshli qizi tan jarohati olib, hodisa joyida vafot etgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Bundan tashqari, avtomashina haydovchisi M.D., yo‘lovchilar, haydovchining turmush o‘rtog‘i M.M. va qaynsinglisi A.Z. tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.

Foto: Farg‘ona viloyati IIB

Mazkur holat yuzasidan Farg‘ona tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Bundan avval Navoiyda mast haydovchi boshqaruvidagi Lacetti YPX posti oldida avariyaga uchrab, yonib ketgani, Farg‘onada “Jiguli”ning kanalga tushib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani hamda Xorazmda aka singlisini yarim tunda manzilga olib kelib qo‘ygan Damas haydovchisi bilan janjallashib, uni o‘ldirib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.