Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Prezident Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatidagi tashrifi davomida qishloq xo‘jaligi sohasini rivojlantirishga oid bir qancha loyihalar bilan tanisharkan, O‘zbekistonda kartoshkachilik yo‘nalishiga katta ahamiyat qaratish zarurligini qayd etdi, deya xabar bermoqda “Daryo” muxbiri.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

“O‘zbekiston sharoitida yerdan samarali foydalanishimiz kerak. Qaysi hududga qanday navdagi kartoshka ekish bo‘yicha tajribamiz yetarli emas. Ilmiy yondashuv yo‘qligi bois kartoshkani ham ko‘ngildagidek yetishtira olmayapmiz. Hosildorlik bo‘yicha aniq bir maqsadga erishishimiz uchun bu sohadagi ilmiy salohiyatimizni yuksaltirishimiz zarurligini hayot va zamonning o‘zi taqozo qilyapti.

Kartoshkani hozirgacha juda katta hajmda import qilyapmiz. 1,8 million tonnaga ehtiyojimiz bor, shunga yarasha yer ham ajratilgan, ammo hosildorlik past”, – dedi Prezident.

Davlat rahbari bu borada Vengriya davlati bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kerakligini ta’kidladi.

“Vengriya mamlakati bilan hamkorlikni yanada kuchaytirishimiz lozim. Ularning kartoshkachilik yo‘nalishida ham ilmi juda kuchli, tajribasi katta. Vengriya xalqi yerga mehr qo‘ygan va mehnatkash. Bu mamlakat bizga intellektini bermoqchi. Shu bois Vengriya davlati bilan bu boradagi hamkorlikni kengaytirish, alohida ilmiy-tadqiqot markazini tashkil etishimiz zarur”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident qishloq xo‘jaligi vaziri Jamshid Xo‘jayevga kartoshkachilik bo‘yicha jiddiy shug‘ullanish, hosildorlikni ko‘tarish bo‘yicha topshiriq berdi.

Bundan avval Shavkat Mirziyoyev Namangan viloyatiga tashrifini Yangiqo‘rg‘on tumanidan boshlagani hamda Chust textile xususiy to‘qimachilik korxonasini borib ko‘rgani haqida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi