Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Ijtimoiy tarmoqlarda MasterCard kartalari egalari — ham O‘zbekiston fuqarolaridan, ham sayyohlardan — 3-fevral kuni ularning ishtirokisiz 2018—2019-yillarda O‘zbekistonning turli hududlaridagi “Asakabank” terminallari va bankomatlarida naqdlashtirilgan pul mablag‘lari qayta yechib olingani to‘g‘risida xabarlar tarqaldi. Bankning 7-fevraldagi xabariga ko‘ra, 3-fevral kuni profilaktika ishlarini olib borish paytida uning protsessing markazida texnik nosozlik yuz bergan.

Foto: “Daryo”

Foto: “Daryo”

Nosozlik natijasida avvalgi tranzaksiyalarning bir qismi takrorlanib, MasterCard kliring markaziga yuborilgan.

“ ‘Asakabank’ AK va MasterCard tomonidan ushbu nosozlikni bartaraf etish uchun barcha zarur ishlar olib borilmoqda. Ikki nusxadagi fayllarni bekor qilish bo‘yicha ishlar 8-fevral oqshomidan boshlab amalga oshiriladi va muammo qisqa vaqt ichida to‘liq bartaraf etiladi”, — deyiladi bank xabarida.

“Gazeta.uz”ning yozishicha, bank 3-fevral kuni 33 foiz operatsiyalar bekor qilinganligini, 15-fevral holatiga ko‘ra esa 63 foiz tranzaksiyalar bekor qilinganligini ma’lum qilgan. “Ilgari naqdlashtirilgan pullarni hisobdan qayta yechib olish texnik nosozlik tufayli yuz berdi, bu firibgarlik yoki xakerlik hujumlari natijasi emas”, — deya ta’kidlaydi bank.

Bank matbuot xizmati mablag‘lar bosqichma-bosqich qaytarilishiga aniqlik kiritgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda yanvar oyida kimlarga eng yuqori maosh taklif qilindi?
Dunyo
“Rossiya yutqazadi, Ukraina g‘alabasi dunyoni o‘zgartiradi”: Zelenskiy Buyuk Britaniya parlamentida nutq so‘zladi (video)
Mahalliy
Qoraqalpog‘istondagi uyda gaz portlashi oqibatida bir kishi vafot etdi