• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12466.44
    • RUB155.42
    • EUR14517.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +22°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Toshkentdagi Shoshtepa yodgorligi uzra ulkan gumbaz o‘rnatiladi

    Toshkentning Sergeli tumanidagi qadimiy Shoshtepa shahrini saqlab qolish jarayoni boshlandi. Bu haqda UzReport TV telekanali orqali namoyish etilgan lavhada ma’lum qilindi, deb xabar beradi “Gazeta.uz”.

    Kadr: UzReport TV

    Kadr: UzReport TV

    Shoshtepa miloddan avvalgi IX va milodiy XVI asrlarga oid yodgorlik bo‘lib, Sergeli tumani, Choshtepa ko‘chasida, Jo‘n kanali bo‘yida joylashgan. Va ayni shu yodgorlikdan Toshkentning 2200 yoshini belgilashga imkon beradigan shaharcha belgilari topilgan.

    2019-yilning 4-sentabr kuni o‘lkashunos Rustam Husanov Toshkentdagi Shoshtepa arxeologik yodgorligi vayron bo‘layotganini ma’lum qilgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tarixiy merosning bir elementi “yodgorliklarni muhofaza qilishdagi beparvolik va harakatsizlik tufayli abadiy yo‘qolishi mumkin”. Ertasi kuni Toshkent hokimligi yodgorlikni konservatsiyalash bo‘yicha loyihalash ishlari olib borilishi, vayron bo‘layotgan tepalik ustiga qoplama yopish va atrofdagi hududda turistik zona yaratish rejalashtirilganini ma’lum qilgandi.

    Yodgorlikni qazish ishlarida va Toshkentning 2200 yoshda ekanligini belgilashda ishtirok etgan arxeolog Margarita Filanovich 2020-yilning yanvarida UzReport TV’ga bergan intervyusida tarixiy obyektning bir qismini vayron bolishi oqibatida butun tepalik bo‘ylab kesik joy paydo bo‘lganini so‘zlab bergandi.

    “Eni 2 metr, uzunligi 17 metr keladigan ulkan bo‘lak — barchasi qulab tushdi… Vayrona — sivilizatsiyamizning, insonlarning aybi. 2200 yil turgan inshoot hozirda shaharda bo‘layotgan qurilish jarayonlarini ko‘tara olmadi”, — degan edi u.

    Uning so‘zlariga ko‘ra, tepalikdan 50 metr narida turar joy massivini qurish bo‘yicha ishlar olib borilgan, bu obyekt zonasining qo‘riqlanishiga xilof hisoblanadi.

    O‘sha vaqtda o‘lkashunos Rustam Husanov vayronagarchilikdan bir necha oy o‘tib yog‘gan bir necha yog‘ingarchilik tuproqni yuvib yuborayotgani, biroq shahar rasmiylari bu borada hech qanday chora ko‘rmayotganini bildirgandi.

    Kadr: UzReport TV

    Kadr: UzReport TV

    Kadr: UzReport TV

    Kadr: UzReport TV

    Oradan 1,5 yil o‘tgach, arxitektura yodgorligini konservatsiya jarayoni boshlandi. Ma’lumotlarga ko‘ra, shahar uzra diametrli 64 metrga yetadigan gumbaz paydo bo‘ladi. Ayni vaqtda hudud belgilab olingan, gumbaz ustunlari o‘rnatiladigan 6-7 metrli xandaqlarni qazish ishlari amalga oshirilmoqda. 35 kishidan iborat ishchi guruh faoliyatiga Madaniyat vazirligi huzuridagi “Madaniy meros” ilmiy-tadqiqot instituti mas’ul etib belgilangan.

    Shaharning konservatsiyasi va arxeologik muzeyni yaratish taklifini arxitektor Timur Nurullin ilgari surgan.

    Kadr: UzReport TV

    Kadr: UzReport TV

    Kadr: UzReport TV

    Kadr: UzReport TV

    “Yodgorlik atrofida kuzatuv uchun yo‘lak, kirish qismida kassa, darvoza joylashgan kirish guruhi yaratiladi. Bu shunchaki shiypon emas, buning ustiga uning atrofida yodgorlik uzra tepada yurish imkonini beruvchi ko‘priklar quriladi. Oddiy odamlar uy yerga kira olmaydi, hududda faqat mutaxassislar ishlaydi. Tashrif buyuruvchilar esa atrof bo‘ylab yurib, xarobalarni kuzatadi.

    Konservatsiyadan so‘ng qadimiy yodgorlik bo‘ylab Oqtepa—Chilonzor, Mingo‘rik, Oqtepa—Yunusobod va boshqa qadimiy shaharlarni birlashtiruvchi “Qadimiy Toshkent” marshrutini yaratish mumkin.

    Kadr: UzReport TV

    Kadr: UzReport TV

    Margarita Filanovichning ta’kidlashicha, gumbaz qurilishini to‘xtatib bo‘lmaydi.

    “Shundayligicha qoldirilsa, bu tom ostidagi vayronalar uyumiga aylanadi. Yodgorlikning monumental inshoot ko‘rinishini qaytarish uchun ushbu tom ostida arxeologik tozalash va qazish ishlarini boshlash kerak. O‘shanda u turizm uchun qiziq bo‘ladi va poytaxtning xalqaro nufuzini yanada oshiradi”, — deydi u.

    Ma’lum qilinishicha, oy oxiriga qadar shiypon tayanchlari tayyor bo‘ladi, shundan so‘ng ustunlar va gumbazni o‘rnatishga kirishiladi. Undan keyin esa yodgorlik konservatsiyasi bo‘yicha yakuniy loyihani amalga oshirish va qazish ishlarining boshlanishi kutilmoqda.

    Mavzuga doir: Andijondagi “Qo‘shtepa-2” arxeologik yodgorligining bir qismi g‘isht qilib sotib yuborilgani ma’lum bo‘ldi

    17.02.2021, 17:09   Izoh (0)   32312
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Samarqandda o‘zini mansabdor ko‘rsatib, aldov yo‘li bilan fuqarodan 4 million so‘m talab qilgan ekologiya xodimi qo‘lga olindi

    17.02.2021, 16:24

    Toshkentda quriladigan “Istiqlol” majmuasi loyihasidagi stelaning joylashuv o‘rni maketi taqdim etildi

    17.02.2021, 15:47

    Samarqandda IIB amaldoriga 1500 dollar pora bergan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    17.02.2021, 15:23

    O‘zbekiston koronavirusga qarshi Xitoy vaksinasining hammuallifiga aylandi

    17.02.2021, 14:46

    Samarqandda xorijlik fuqarodan shaxsiy rasm va videolarini internetda tarqatmaslik evaziga 20 ming dollar talab qilgan ayol qo‘lga olindi

    17.02.2021, 14:22

    O‘zbekistonda haftaning ikkinchi yarmidan havo harorati pasayib, yog‘ingarchilik bo‘lishi kutilmoqda

    17.02.2021, 13:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    #BirBirimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Onix 100 million so‘m keshbek aksiyasini qayta yo‘lga qo‘ydi 


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Way II kompaniyasi o‘z investorlariga dividend to‘lovlarini amalga oshirdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Yengillik kuch bilan birlashganda: 2025-yilning talabalar uchun mo‘ljallangan to‘rtta ASUS noutbuki 


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    Suvchilar maktabi — Prezident tashabbusining amaliy natijasi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!

     

    Tavsiya etamiz

    Hisob palatasi nega hisobdor emas?

    20 avgust, 19:50

    AQSH prezidenti 6 ta urushni to‘xtatganini da’vo qildi. Aslidachi?

    20 avgust, 11:05
    Audio Icon

    Kichik xonada istiqomat, saraton tashxisi va tarixiy rekord. Hamzat Chimayevning chempionlikka qadar bosib o‘tgan mashaqqatli yo‘li haqida

    19 avgust, 14:57

    Belgiya maktablarida telefondan foydalanish taqiqlanadi

    19 avgust, 11:31
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Davlat oliygohlariga o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha test natijalari eʼlon qilindi

    O‘zbekiston | 20 avgust, 23:35

    Yerdagi aksariyat turlar evolyutsiyaning “portlashlari” natijasida vujudga kelgan — tadqiqot

    Dunyo | 20 avgust, 23:30

    Qirg‘iziston O‘zbekistonga qoramol eksportini besh baravarga kamaytirdi

    Iqtisodiyot | 20 avgust, 23:10

    Google Docs matnli hujjatlarni sun’iy intellekt podkastlariga aylantirishni o‘zlashtirdi

    Dunyo | 20 avgust, 22:55

    Rossiya Dumasining sobiq deputati G‘arbga 45 mln dollar evaziga maxfiy ma’lumotlarni berganlikda ayblanmoqda

    Dunyo | 20 avgust, 22:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.