O‘zbekiston hududiga haftaning ikkinchi yarmi, 18—21-fevralda Kaspiy dengizi orqali Kavkaz hududlari ustida shakllangan nam va deyarli salqin havo massalari kirib keladi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.
18—19-fevralda respublikada shamol 7-22 metr/sekundgacha kuchayadi, ba’zi joylarda 25-30 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.
19-fevraldan yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘lishi kutilmoqda. Ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Qoraqalpog‘istonda, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi.
20—21-fevralda havo harorati kunduz kunlari 8-13 daraja iliqqacha, kechalari 2-7 daraja iliqqacha pasayadi.
Avvalroq “O‘zgidromet” anomal issiq havo hafta oxiriga borib keskin o‘zgarishi, qor aralash yomg‘ir yog‘ishi kutilayotgani haqida xabar bergan edi.
Mavzuga doir: Toshkentga erta kelgan bahor nafasi — suratlarda
Izoh (0)