Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Futbol bo‘yicha Afrika millatlari Kubogi finalida Marokash va Mali terma jamoalari 7-fevral, yakshanba kuni o‘zaro bahs yuritdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Unda Marokash terma jamoasi Sofyan Buftini va Ayub al-Kaabining gollari evaziga 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, chempionlikni nishonladi. Shu tariqa Marokash chempionlik titulini himoya qila olgan ilk terma jamoaga aylandi. Jamoa 2018-yilda ham g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi.

Yarim finalda Marokash terma jamoasi Kamerunni mag‘lub etgan (4:0), Mali esa penaltilar seriyasida Gvineyadan ustun kelgandi.

Uchinchi o‘rin uchun bahsda Gvineya terma jamoasi Kamerunni taslim etdi (2:0).

Ta’kidlash joiz, bu safargi musobaqada ko‘plab jamoalar Yevropa va boshqa kuchli chempionlarda to‘p suradigan legionerlardan foydalana olmadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?