Abhishek Bachchan 2021-yil 5-fevral kuni 45 yoshga to‘lishi munosabati bilan tug‘ilgan kunini nishonladi. Bu haqda “Kinoteka” xabar berdi.
Albatta, butun mamlakat aktyorni tabriklash asnosida uning otasi Amitabh Bachchan birinchilardan bo‘ldi, u o‘g‘li bilan tushgan ikki surat kollajini baham ko‘rdi.
Amitabh Bachchan suratga quyidagicha izoh bergan: “Bir paytlar men uning qo‘lidan ushlab, yetaklagan bo‘lsam, endi u meni qo‘limdan tutib olib yuradi”.
Shuningdek, Abhishekning rafiqasi maftunkor Ayshvariya Ray ham turmush o‘rtog‘ini tabriklab, baxt porlayotgan oilaviy suratini taqdim etdi. Aktrisa postga quyidagicha izoh bergan: “Baxtliman. Va bir umrga yaxshi ko‘raman”.
Bundan tashqari, 45 yoshga to‘lgan aktyorning muxlislari ham bir-biridan ajoyib tilaklar bilan uni tabriklashgan. Aktyorning ijodi borasida ham bir qancha yangi loyihalar mavjud bo‘lib, ulardan biri Xarshad Mexta rolini ijro etgan “Katta buqa” filmidir. Shuningdek aktyorni “Tarix” filmining davomi sifatida Dii Annapurniy Gosh rejissorligidagi “Bob Bisvas” trillerida ko‘rish mumkin.
Izoh (0)