Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘ tumanidagi zovurdan odam jasadi topildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB

Foto: Qashqadaryo viloyat IIB

Ma’lumot berilishicha, viloyat IIBga holat haqida 2021-yil 6-fevral kuni xabar berilgan.

Voqea joyiga yetib borgan tergov tezkor guruhi surishtiruvidan so‘ng “Cho‘mich” mahallasi hududidagi zovurdan topilgan jasad fuqaro J.S.ning jasadi ekanligi ma’lum bo‘lgan.

“Holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot taqdim etamiz”, — deyiladi viloyat IIB bergan ma’lumotda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qibrayda chamadon ichidan Oliy sud sobiq xodimining jasadi topilgandi. Keyinchalik chamadon ichidan o‘lik holda topilgan erkakni o‘ldirganlikda gumonlanib 2 kishi qamoqqa olindi. So‘ngra gumonlanib qo‘lga olinganlardan biri RShTYoIM rahbar xodimi ekanligi ma’lum bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
Markaziy bank raisining kripto-aktivlar bo‘yicha ma’lumoti rad etildi