Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kanadalik aktyor Kristofer Plammer 91 yoshida vafot etdi, deb xabar beradi Meduza.

Foto: BBC

Foto: BBC

Aktyor Konnektikut shtatidagi uyida vafot etgan bo‘lib, uning o‘limi sababiga aniqlik kiritilmagan.

Plammer “Musiqa ovozlari”, “Pushti panteraning qaytishi”, “12 maymun”, “Tafakkur o‘yini”, “Ajdar tatuirovkali qiz” kabi filmlardagi roli bilan tanilgan.

Tanqidchilar tomonidan Plammer 2011-yilda ekranlarga chiqqan “O‘rganuvchilar” filmidagi roli uchun e’tirof etilgan bo‘lib, unda aktyor o‘z rolini 82 yoshida ijro etgan. Aynan ushbu kartinadagi roli uchun unga ikkinchi plandagi eng yaxshi aktyor nominatsiyasi bo‘yicha “Oskar”, “Oltin globus” va AQSh Kinoaktyorlar gildiyasi mukofotlari topshirilgan.

Plammer kinodan tashqari, teatr aktyori sifatida ham tanilgan. U ikki marta — 1974 va 1997-yillarda — “Toni” mukofotiga loyiq ko‘rilgan.

Avvalroq “Yulduzlar jangi”dagi Dart Veyder roli bilan mashhurlikka erishgan britaniyalik aktyor Devid Prouz, shuningdek, Jeyms Bond roli bilan mashhurlikka erishgan Shon Konneri 90 yoshida vafot etgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Oʻzbekiston energetikasi: ortayotgan talab, taqchillik va koʻrilayotgan choralar haqida
Dunyo
Qirg‘izistonda 9 kishida “Seftriakson”ga allergik reaksiya kuzatildi, bir kishi vafot etdi
Mahalliy
Besh yilda 218 mingdan koʻproq xonadon. Oʻzbekistonda uy-joy muammosi qanday hal etilmoqda?