Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Armanistonlik mashhur aktyor va rejissor Armen Jigarxanyan 14-noyabr kuni 86 yoshida vafot etdi. Bu haqda uning hamkasblariga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: “Kommersant”

Foto: “Kommersant”

Artistning do‘sti Artur Sogomonyan “Interfaks”ga ushbu ma’lumotni tasdiqlagan: “Afsuski, Armen Borisovich vafot etdi. Uning yuragi soat tonggi 6:00 da urishdan to‘xtatdi”. Uning so‘zlariga ko‘ra, Jigarxanyanning dafn marosimi 17-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

2018-yilning aprelida Armen Jigarxanyan infarkt bilan kasalxonaga yotqizilgan edi. Shu yilning boshida esa aktyor insultni boshdan kechirgandi. O‘shanda aktyorning sobiq rafiqasi Vitalina Romanovskaya Jigarxanyan karantindagi nofaol hayot tarzi sabab ahvoli og‘irlashganini aytgandi. Aktyor 2018-yildan buyon 5-marta kasalxonaga tushgan.

Armen Jigarxanyan 1935-yil 3-oktabrda Yerevanda tug‘ilgan. Aktyorlik faoliyatini 1960-yilda boshlagan bo‘lib, umri davomida Rossiyada yashagan Jigarxanyan “Salom, men sizning xolangizman”, “Ali Bobo va qirq qaroqchi”, “Uchrashuv joyini o‘zgartirib bo‘lmaydi”, “Tehron-43” kabi 200 dan ortiq filmlarda rol ijro etgan. Aktyor “SSSR xalq artisti” mukofotiga munosib topilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Mashina olib berishni vaʼda qilib, 248 kishini 12 mlrd so‘mga chuv tushirgan firibgarlarga hukm o‘qildi
Mahalliy
Shavkat Mirziyoyev Nukusdagi xonadonda iftorlik qildi (video)
Dunyo
Blinken AQSH fuqarolarini zudlik bilan Rossiyani tark etishga chaqirdi