Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Napoli” himoyachisi Kalidu Kulibalining koronavirusga topshirgan testi ijobiy xulosa berdi.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

Neapolliklar matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, senegallik futbolchida kasallik alomatlarsiz o‘tmoqda. U o‘z uyida izolyatsiyaga olingan.

6-fevral kuni “Napoli” Eldor Shomurodovning “Jenoa”siga qarshi o‘ynaydi, 10-fevral kuni Italiya Kubogi yarim finalida “Atalanta”ga qarshi bahs yuritadi. 13-fevral kuni neapolliklarni “Yuventus”ga qarshi o‘yin kutib turibdi. Shu tariqa futbolchi genuyaliklarga qarshi uchrashuvni o‘tkazib yuboradi, “Yuventus”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi esa so‘roq ostida turibdi.

Kulibali A Seriya joriy mavsumida 15 ta o‘yinda maydonga tushdi.

“Jenoa” — “Napoli” uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 6-fevraldan 7-fevralga o‘tar kechasi 00:45 da boshlanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @Daryo_Sport24’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Tez yordam mashinasi 5 yilda ikki baravarga ko‘paydi, bitta chaqiruv dorisi 640 so‘mdan 7,5 ming so‘mga oshdi”. “Daryo” tibbiyotdagi o‘zgarishlarni Namangan viloy...
Sport
Bundesliga. “Borussiya D” o‘z maydonida raqibini tor-mor etdi 
Shou-biznes
Instagram: Aeroportda dabdaba bilan kutib olingan Liil Xurramov, qo‘shiq kuylagan Abduhoshim Ismoilov, yangi raqqosalarni kashf etayotgan Yulduz Usmonova